Ogoh bo'ling: firibgarlar tobora faollashmoqda
'Ogoh bo‘ling, firibgarlar!G‘araz niyatli shaxslar o‘zlarini bank xodimi deb tanishtirib, kartani himoyalash bahonasida SMS, PIN yoki CVV-kodni aytishingizni so‘rashi mumkin.
Yodda tuting: bank xodimlari hech qachon bu ma’lumotlarni so‘ramaydi.
5 ta xavfsizlik qoidasiga amal qiling:
- SMS orqali kelgan kodlarni hech kimga aytmang
- Shubhali havolalarga o‘tmang
- Qo‘ng‘iroq shubha uyg‘otsa, bankka o‘zingiz qayta qo‘ng‘iroq qiling
- Bank kartasi rasmini telefonda saqlamang
- Karta bo‘yicha xabarnomalarni yoqib qo‘ying
Siz hushyor bo‘lsangiz, pullaringiz himoya ostida bo‘ladi.
