InfinBANK Toshkent maktablarida moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

InfinBANK Toshkent maktablarida moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

InfinBANK Toshkent maktablarida moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Butunjahon pul haftaligi (Global Money Week) doirasida InfinBANK Toshkent shahridagi 17 va 64-sonli umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun ma’rifiy tadbirlar tashkil etdi.



Ochiq darslar davomida maktab o‘quvchilari moliyaviy savodxonlikning asosiy tamoyillari bilan tanishdilar, pul mablag‘larini to‘plash va jamg‘arishning turli usullari, shuningdek, onlayn omonatlar ochish imkoniyatlari haqida bilib oldilar.
Raqamli xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bank vakillari o‘quvchilarga kibergigiyena qoidalari hamda onlayn-banking va boshqa raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanishdagi ehtiyot choralari haqida so‘zlab berdilar.



Mashg‘ulotlar interaktiv formatda o‘tdi. O‘quvchilar o‘z bilimlarini namoyon etish hamda moliyaviy savodxonlik va kiberxavfsizlikka bag‘ishlangan mavzuli o‘yinlar va amaliy topshiriqlarda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldilar.


Bunday tashabbuslar o‘sib kelayotgan yosh avlodning moliyaviy savodxonligini oshirish, shaxsiy mablag‘larga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishni shakllantirish va zamonaviy bank xizmatlaridan xavfsiz foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.