InfinBANK «Qoraqalpog'istondagi 101 uy» ijtimoiy loyihasi uchun Amcham mukofotiga sazovor bo‘ldi!

InfinBANK «Qoraqalpog'istondagi 101 uy» ijtimoiy loyihasi uchun Amcham mukofotiga sazovor bo‘ldi!

InfinBANK «Qoraqalpog'istondagi 101 uy» ijtimoiy loyihasi uchun Amcham mukofotiga sazovor bo‘ldi!

20-noyabr kuni har yili o‘tkaziladigan AmCham CSR Ball marosimida InfinBANK’ning «Qoraqalpog'istondagi 101 uy» loyihasi aholi turmush darajasini yaxshilashga qo‘shgan hissasi uchun "Caring" nominatsiyasida mukofot bilan taqdirlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan tashabbus doirasida bank kam ta’minlangan oilalar uchun 101 ta zamonaviy uch xonali uy qurishda ko‘maklashdi.



Nukus shahri va Qoraqalpog‘istonning 16 ta chekka tumanida yangi uylar qad rostladi. Ularning har biri yashash uchun to‘liq tayyor bo‘lib, barcha zarur vositalar, jumladan, elektr energiyasi xarajatlarini qisqartirishga yordam beruvchi quyosh panellari bilan jihozlangan.

InfinBANK uchun ushbu mukofot insonlar hayotini so‘zda emas, amalda o‘zgartiradigan tashabbuslar muhimligining e’tirofidir.
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.