VISA kartalari bilan toʻlanganda olinadigan komissiya bekor qilindi
2022-yilning 1-sentabridan boshlab InfinBANK VISA Classic va VISA Virtual kartalari uchun “Nol” tarifini ishga tushirdi.Oflayn savdo nuqtalarida va Internet tarmogʻida VISA InfinBANK kartasi bilan pul toʻlaganda, hech qanday komissiya olinmaydi.
- VISA Classic kartasini chiqarish – 35 000 soʻm.
- VISA Classic depoziti – 10 AQSh dollari.
- VISA Virtual kartasini chiqarish – bepul.
- VISA Virtual depoziti – 5 AQSh dollari.
- VİSA InfinBANK kartalaridan InfinBANK kassalarida naqd pul berish – komissiyasiz.