Toshkentda kibersport bo‘yicha InfinBANK Club Tournament turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tdi
Unda O‘zbekistonning eng yaxshi komp'yuter klublari ishtirok etdi. Ishtirokchilar va tomoshabinlar CS:GO final o‘yinini intiqlik bilan kutishgan edi. Unda saralash bosqichida qatnashgan barcha 26ta jamoaning eng yaxshilari kurash olib bordi.
- Finalda STORM, MVP va TT Team kabi uchta komp'yuter klubi ishtirok etdi, - deydi frag.gg eSports portali rahbari Eldor Qodirov. — Jamoalar dastlab o‘z klublarida mashg‘ulot olib borishgan. Turnir mamlakatning yetakchi banklaridan biri InfinBANK tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani juda yaxshi. Zero, bugungi kunda turli mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham kibersport rasmiy sport turi sifatida tan olingan.
Yigitlarda esa o‘z vaqtini komp'yuterda samarali o‘tkazish imkoni bor. Bugungi kunda ushbu sport turini millionlab odam kuzatmoqda. InfinBANK birinchi marta bu kabi tadbirga homiylik qilmoqda. Ungacha bank oflayn rejimida sportni, jumladan, O‘zbekiston polo federatsiyasi va “Matonat Futbol” imkoniyati cheklanganlar futbolini rivojlantirish markazini moliyaviy qo‘llab-quvvatlagan.
Bu boshlanishi edi va bank o‘zining ichki turnirini tashkil qilishni rejalashtirgan edi. Sababi xodimlari orasida munosib o‘yinchilar bor. Masalan, InfinBANKning Sirg‘ali filiali xodimlari may oyida bo‘lib o‘tgan jamoaviy kibersport turnirida ajoyib natija ko‘rsatgan edi. O‘shanda ular yirik tashkilotlar jamoalari bilan Counter Strike bo‘yicha kurashgandi.
InfinBANK Club turniri monitor atrofiga ko‘plab muxlislarni jamladi. Ular uchun www.twitch.tv saytida o‘yin translyasiyasi davomida ekranda turli vaqtlarda 20marta promo-kod ko‘rsatildi. Uni “tutishga ulgurgan” va yuborganlar Steam platformasida hamyoniga 25 dollar olishga muvaffaq bo‘lishdi. Umuman olganda, jang juda keskin o‘tdi. “TT Team” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 10 mln so‘m yutib olishdi. Ikkinchi o‘rinni STORM (5 mln so‘m) va uchinchi o‘rinni MVP (2,5 mln so‘m) jamoasi qo‘lga kiritdi.