“Matonat” — bu seni alamzadalik changalidan sug‘urib oladigan kuch. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar inson bo‘lib qol... “Matonat” — bu o‘zligingni yo‘qotmasliging haqida!

“Matonat” — bu seni alamzadalik changalidan sug‘urib oladigan kuch. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar inson bo‘lib qol... “Matonat” — bu o‘zligingni yo‘qotmasliging haqida!

“Matonat” — bu seni alamzadalik changalidan sug‘urib oladigan kuch. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar inson bo‘lib qol... “Matonat” — bu o‘zligingni yo‘qotmasliging haqida!

“Matonat Futbol” nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi rahbari – Rustam Raxmatovich Mexmonov                                      

3 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Kinochilar uyida “Matonat. Mashaqqatli g‘alaba” – futbol bo‘yicha dunyodagi eng sovrindor jamoa hisoblanuvchi “Matonat” nogiron-amputantlar jamoamiz haqidagi hujjatli film premyerasi bo‘lib o‘tadi. Filmni homiysi va uni yaratilishiga InfinBANK katta hissa qo‘shdi. 

“Matonat” futbol jamoasi 1988 yilda “Matonat Futbol” nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi qoshida tashkil etildi va oradan ikki yil o‘tib, 1990 yilda AQSHdagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi. Shundan so‘ng 1991 - yil (O‘zbekiston), 2007 - yil (Turkiya), 2010 - yil (Argentina) va 2012 - yillarda (Rossiya) bo‘lib o‘tgan jahon chempionatlarida O‘zbekistonlik oddiy yigitlar dunyo ahlini o‘ziga qaratib g‘alabaga erishdi. Bundan tashqari klub 1988 - yildagi jahon chempionatida kumush va 2002 - yil hamda 2022 - yillarda bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Ushbu yigitlarning sharofati bilan O‘zbekiston nogiron-amputantlar futboli tarixidagi eng sovrindor jamoaga aylandi. 

Film rejissyori Komil Sharafiyevning so‘zlariga ko‘ra, film ishtiyoq, mardlik va g‘alaba haqida hikoya qiladi. Yigitlarning jismoniy holatiga qaramay ishlashi, hayot kechirishi va futbol o‘ynashi suratga olish jamoasini juda ham ilhomlantirdi. Ularning boshidan o‘tgan hislarni, emotsiya va taassurotlarini tomoshabinga yetkazishga harakat qilindi. Bu yerda asosiy rolni operator Shuxrat Xabibullayev bajardi, uning xizmati bilan filmda badiiy qarorlar kamaytirilib tabiiylik oshirildi. Qaxramonlarning hikoyasini oshirib ko‘rsatish shart emas, ular kuchli va bir zarb bilan hech qanday “kinocha” uslublarsiz tomoshabingni yuragini mo‘ljalga oladi. Tomoshabin – oddiy lekin har doim ham qulay bo‘lmagan, hech narsaga qaramay baribir go‘zal bo‘lgan hayotni filmda ko‘radi. 

Film – InfinBANKning navbatdagi ijtimoiy tashabbusi natijasida “Matonat” futbol klubi bilan tuzilgan hamkorlik memorandumining bir qismi bo‘ldi. Kelishuv doirasida amputant-futbolchilar o‘rtasida ilk O‘zbekiston chempionati “Mustaqillik Kubogi” o‘tkazildi va eng muhimi, bankning homiyligi ostida O‘zbekiston terma jamoasi shu yilning oktyabr oyida Turkiyada o‘tkazilgan jahon chempionatida qatnashdi va bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

“Matonat. Mashaqqatli g‘alaba” filmi – bu avvaliga shunchaki moliyaviy ko‘mak bilan boshlangan so‘ngra bank va futbol klub o‘rtasida haqiqiy do‘stlikka aylangan munosabatlar natijasidir.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.