Yangi Konstitutsiya – farzandlarimizning farovon hayoti asosi
Yangilangan Konstitutsiyada mamlakatimiz taraqqiyotining uzoq muddatli strategiyalari davlatimiz, xalqimiz va, ayniqsa, farzandlarimiz farovon hayotining mustahkam huquqiy asosi va ishonchli kafolatini yaratishi kerakligi tan olingan.
Shuningdek, hozirgi islohotlarning asosiy tamoyili hisoblangan «Inson qadr-qimmati uchun» g‘oyasi hamda «Inson – jamiyat – davlat» yondashuvi Konstitutsiyamiz mundarijasiga kiritilishi hamda uni kundalik hayotimizning asosiy qadriyatiga aylantirishi lozim.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini umumxalq muhokamasiga qo‘yish doirasida «InfinBANK» АTB bo‘limlarida tadbirlar o‘tkazildi. Ular mahalliy Yoshlar madaniyat saroylarida hududlar markaziy banki masʼul xodimlari va yuridik fanlar o‘qituvchilari, shuningdek, filiallar yuristkonsultlari ishtirokida tashkil etildi. Аsosiy Qonunga kiritish taklif qilinayotgan o‘zgarishlar maqsadi va mazmuni ishchilarga batafsil tushuntirib berildi.