InfinBANK ITFC va Xususiy biznesni rivojlantirish islom korporatsiyasidan moliyalashtirish liniyasini jalb qildi

InfinBANK ITFC va Xususiy biznesni rivojlantirish islom korporatsiyasidan moliyalashtirish liniyasini jalb qildi

InfinBANK ITFC va Xususiy biznesni rivojlantirish islom korporatsiyasidan moliyalashtirish liniyasini jalb qildi

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida boʻlib oʻtayotgan Islom taraqqiyot bankiga aʼzo mamlakatlar Kengashining yillik yigʻilishi doirasida InfinBank Xalqaro Islom savdo va moliya korporatsiyasi (ITFC) bilan umumiy qiymati 25 million dollarlik, shuningdek, Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi (XSRIK) bilan 15 mln. dollarlik shartnoma tuzdi.

Shariat tamoyillari asosida beriladigan mablag‘lar mamlakatimizda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Xususan, kredit liniyasi savdo operatsiyalarini moliyalashtirish, shuningdek, yuridik shaxslar va kichik va o'rta sub’ektlari uchun uskunalar xarid qilish uchun yo‘naltiriladi.

“Hozirda jahonda islomiy bank mahsulotlari bozori jadal rivojlanmoqda. Xususan, mamlakatimizda xaridorlarning bunday mahsulotlarga qiziqishi ortib bormoqda. Bankimizga kelsak, biz nafaqat global tendensiyalarga, balki mijozlarimiz talabiga ham e'tibor qaratamiz. Shuning uchun islom banki sektorini rivojlantirish biz uchun strategik ahamiyatga ega. Biz ITB bilan bir necha yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqdamiz. So'nggi erishilgan natijalar esa InfinBANK va ITB guruhi o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotganini anglatadi”, — dedi bank raisi Burxanov B.N.
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.