Bankning norezident-mijozlari diqqatiga!
01.10.2023 yildan boshlab "InFinBank" AJ tomonidan sizning depozitingiz bo'yicha foizli daromad solig'i summaning 10% miqdorida ushlab qolinadi.
O'zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 351-moddasi: Norezidentning O'zbekistondagi manbalardan olingan va doimiy muassasa bilan bog'liq bo'lmagan daromadlaridan olinadigan soliq norezidentga daromad to'laydigan soliq agenti ("InFinBank" AJ) tomonidan hisoblab chiqiladi va ushlab qolinadi. Soliqni ushlab qolish soliq to'lovchining bunday daromadlarni har bir to'lashdagi daromadidan amalga oshiriladi.
Bankimizni tanlaganingiz va ko'rsatgan ishonchingiz uchun tashakkur bildiramiz!