Qimmatli narsaga obuna: InfinBANK'dan yangi aksiya
InfinBANK jamoasi mijozlarni turli aksiyalar bilan xursand qilishda davom etadi. Va bizning yutuqli oʻyinimiz barchaga, ayniqsa shirinliklarni xush koʻruvchilarning tabiga mos keladi.
“Qimmatli narsaga obuna” aksiyasida ishtirok etish uchun talablar:
-
Instagram’dagi InfinBANK sahifasiga obuna bo‘ling;
-
Yutuqli oʻyin haqidagi eʼlonni oʻz storiesingizda repost qiling va @investfinancebank manzilini belgilang;
-
Shokoladli barni baham koʻrmoqchi boʻlgan doʻstingiz/dugonangizni post izohida belgilang.
Asosiy eslatma: yutuqli oʻyin davomida ishtirokchining Instagram sahifasi ochiq holatda boʻlishi kerak. Yutuqli oʻyinda faqat bitta izoh ishtirok eta oladi.
Juma kunlari ikkita gʻolib jonli efirda randomayzer yordamida aniqlanadi. Aksiya muddati: 2024-yilning 26-fevralidan 24-martigacha.
InfinBANKga obuna boʻling va dunyoga mashhur Patchi brendi konfetlarini yutib oling!

pdf(107 Kb)