InfinBANK UnionPay kartalarini chiqarishni vaqtincha toʻxtatadi
Joriy yilning 4-oktabr sanasidan boshlab bank amaldagi UnionPay kartalariga xizmat koʻrsatishni toʻxtatadi va bunday turdagi kartalarning yangisini vaqtinchalik chiqarmaydi. Bu yangi protsessing tizimiga oʻtilishi bilan bogʻliqdir. Amaldagi UnionPay kartalari egalaridan yaqindagi bank filialiga murojaat qilib, ularni yopish soʻraladi.2021-yilning 1-noyabridan InfinBANK toʻlovni kontaktsiz amalga oshirish imkoniyatini beradigan, himoya darajasi yuqori, zamonaviy standartlarga javob beruvchi yangi UnionPay kartalarini chiqarishni boshlaydi. Avvalroq yopilgan kartalar 31.12.2021 sanasiga qadar bepul chiqarib beriladi.
Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!