InfinBANKʼdan bahoriy taklif – Nastarin depoziti
O‘z jamg‘armangizni InfinBANK taklif etayotgan yillik 22 foizli Nastarin depoziti bilan ko‘paytiring.
Nastarin muddatli depoziti milliy valyutada qo‘yilib, jami 15 oyga mo‘ljallangan. Minimal depozit summasi 10 mln so‘mni tashkil etadi, yillik foiz stavkasi esa 22%ga teng. Foizlar avtomatik tarzda hisoblanib, mijozning talab qilib olingunga qadar bo‘lgan depozit hisobvarag‘i yoki elektron hamyon hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Depozit muddati tugagunga qadar kiritilgan pul mablag‘larini, kamida 10 mln so‘mga teng qoldiqni saqlash sharti bilan, qisman yechib olish mumkin. Depozit belgilangan muddatdan oldin yopilganda, hisoblangan foizlar to‘liq oy uchun to‘lab beriladi. Shuningdek, mazkur depozitni ham ilova yordamida, ham bank filialiga tashrif buyurgan holda ochish mumkin. Bu esa mijozga qo‘shimcha qulaylik yaratadi.