VISA kartalaridan naqd pul yechilganda olinadigan komissiyalar haqida
InfinBANK mijozlari VISA kartalaridan naqd pul yechganda qoʻshimcha komissiya toʻlamaydilar. Mijozlardan quyidagi tariflar boʻyicha komissiya olinadi:
-
InfinBANK VISA kartalaridan InfinBANK kassalarida – komissiyasiz. Pul AQSh dollarida beriladi.
-
InfinBANK VISA kartalaridan InfinBANK bankomatlarida – 1% (minimal 2 AQSh dollari) va 1,5% (minimal 5 000 soʻm). Pul soʻmda beriladi.
-
InfinBANK VISA kartalaridan Oʻzbekiston Respublikasining boshqa banklari kassalarida – 1% (minimal 2 AQSh dollari) va siz murojaat qilgan bank (ekvayer) komissiyasi. Pul AQSh dollarida beriladi.
-
InfinBANK VISA kartalaridan Oʻzbekiston Respublikasining boshqa banklari bankomatlarida – 1% (minimal 2 AQSh dollari) va siz murojaat qilgan bank (ekvayer) komissiyasi.
-
Boshqa banklar VISA kartalaridan InfinBANK kassalarida – qabul qilinmaydi, faqat bankomatdan pul yechish mumkin. Pul soʻmda beriladi.
-
Boshqa banklar VISA kartalaridan InfinBANK bankomatlarida – 1,5% (minimal 5 000 soʻm) va kartani taqdim qilgan bank (emitent) komissiyasi. Pul soʻmda beriladi.