Uzcard plastik kartalari
Bugungi kunda Plastik karta toʻlovning eng qulay vositasidir. Plastik karta bilan pulni yoʻqotish yoki oʻgʻirlatish havfi yoʻq.
Plastik karta — bugungi kunda eng qulay toʻlov vositasi. Plastik kartangiz boʻlsa, oʻzingiz bilan doim pul mablagʻlari mavjud boʻladi, ularni yoʻqotib qoʻyish yoki oʻgʻirlatib qoʻyish xataridan xoli boʻlasiz. Plastik kartalar, ayniqsa, safarga ketayotganlar uchun (masalan taʼtil vaqtida) yoki ishi doimiy ravishda yoʻlda yurish bilan bogʻliq boʻlgan kishilarga gʻoyatda qulay.
Plastik kartani qanday qilib olish mumkin?
Plastik kartani olish uchun siz quyidagilarni bajarishingiz kerak boʻladi:
- bank kartasi orqali hisob-kitoblarni yuritish uchun karta hisobvaragʻi shartnomasini tuzishingiz;
- bankda “Kartani rasmiylashtirish uchun anketa-buyurtma"ni toʻldirishingiz;
- Bank tariflariga muvofiq kartani rasmiylashtirish xizmati uchun haq toʻlashingiz.