Zolotaya Korona

Zolotaya Korona

Zolotaya Korona

"Zolotaya Korona" endi InfinBANK mobil ilovasida

"Zolotaya Korona" xizmati orqali pul mablag'larini olish imkoniyati endi InfinBANK mobil ilovasi foydalanuvchilari uchun taqdim etildi.

InfinBANK mijozlari endi "Zolotaya Korona" xizmatidan to'g'ridan-to'g'ri mobil ilova orqali foydalanishlari mumkin. Bu to'lovlarni tez va bankka tashrif buyurmasdan qabul qilish imkonini beradi.

"Zolotaya Korona" - bu keng tarqalgan to'lov tizimi bo'lib, u pul o'tkazmalarini qulay va xavfsiz usullarini taklif etadi. Bu tizim yordamida yaqinlaringizga tez va muammosiz pul jo'natishingiz mumkin. Endi esa mablag'larni InfinBANK mobil ilovasida ham olishingiz mumkin.

InfinBANK mobil ilovasi orqali mablag'larni olish uchun quyidagilarni amalga oshirish talab etiladi:

  1. Ilovada "Zolotaya Korona o'tkazmalari" bo'limiga o'tish

  2. "O'tkazmani olish" xizmatini tanlash

  3. Mablag'larni o'tkazish uchun kartani tanlash

  4. SMS-xabarnoma yordamida ro’yxatdan o'tish

  5. O'tkazmani qabul qilishni tasdiqlash 

Eslatma: O‘zbekistonda to‘lovni nafaqat Visa kartasiga, balki UZCARD, HUMO so'm valyutasidagi kartalarga ham InfinBANK ilovasida qabul qilish mumkin.

InfinBANK mobil ilovasi orqali amalga oshirilgan barcha tranzaksiyalar zamonaviy usullar bilan himoyalangan, bu mijozlarning ma'lumotlari va pul mablag'lari xavfsizligini kafolatlaydi.


Rossiya    0% oʻtkazma miqdoridan
Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Tojikiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Vetnam, Moldova, Isroil, Gretsiya, Ruminiya 1% oʻtkazma miqdoridan
Turkiya 1,5% oʻtkazma miqdoridan
Xitoy va Janubiy Koreya (Alipay hamyoniga) 10 AQSH dollari
Janubiy Koreya (AKSIYA: 31.12.2024 yilgacha) 3 AQSH dollari
"Золотая корона" tizimi bo‘yicha tushgan pul mablag‘larini olish Komissiya undirilmaydi

*Kartalarga pul mablag'larini o'tkazish xizmatini – РНКО «Платежный Центр» (ООО) ko'rsatadi, Rossiya Banki litsenziyasi 14.04.2014 yildan 3166-K - sonli. Novosibirsk sh., Kirov ko'chasi, 86, ОГРН 1025400002968. Cheklovlar mavjud. Cheklovlar, tariflar, dolzarb yo'nalishlar va xizmat ko'rsatish shartlari haqida batafsil ma'lumotni rnko.ru saytining "Onlayn pul o'tkazmalari" bo'limida ko'rishingiz mumkin. РНКО "Платежный Центр" (ООО) xizmat ko'rsatishni rad etish huquqiga ega.


×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.