Visa Direct
Visa Direct - butun dunyo boʻylab real vaqtda Visa kartalari oʻrtasida pul oʻtkazishning tez, oson va xavfsiz usulidir.
InfinBANK kartalari o'rtasida - komissiya 0%
Boshqa banklarning Visa kartalariga - komissiya 1% (kamida 2 AQSh dollari)
FAQ
Visa Direct xizmatidan qanday foydalanish mumkin?
-
Bank mijozi sifatida identifikatsiyadan o’tgan bo’lishi zarur;
-
Visa kartasi va Bank mobil ilovasining mavjud bo’lishi;
-
Mobil ilovada bosh menyudan "Visa Direct pul o‘tkazmalari" bo‘limiga o‘ting yoki "O’tkazmalar" bo‘limidan "Visa Direct" opsiyasini tanlash;
-
Ochilgan pul o‘tkazmasi oynasida mablag‘ni yechish olish uchun Visa kartasini tanlang, kartaraqamini to‘liq kiriting, oluvchining Ismi va Familiyasini kiriting hamda o‘tkazma summasini ko‘rsating;
-
"O’tkazish" tugmasini bosing;
-
Keyin "Operatsiyani tasdiqlash" oynasida kiritilgan o’tkazma ma’lumotlarining to‘g‘riligini tekshirib ko’ring;
-
O‘tkazmani tasdiqlang;
-
Tasdiqlash va xavfsizlik maqsadida biriktirilgan telefon raqamingizga yuborilgan bir martalik SMS kodni kiriting;
-
Tayyor!
Qabul qiluvchida pul mablag‘larining amalda mavjudligi muayyan moliya muassasalari va mintaqaning ichki tartib-qoidalariga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Visa Direct orqali yuborish mumkin bo‘lgan mamlakatlar:
Avstraliya, Avstriya, Ozarbayjon, Armaniston, Afg‘oniston, Belarus, Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gonkong, Gretsiya, Gruziya, Daniya, Misr, Isroil, Hindiston, Indoneziya, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Kipr, Qirg‘iziston, Xitoy, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malayziya, Xorvatiya, Malta, Shvetsiya, Moldova, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Birlashgan Arab Amirliklari
-
Visa Direct o‘tkazmalari limitlari
-
Kunlik limit: 1 000 AQSH dollari
-
Oylik limit: 10 000 AQSH dollari
-
Eng kam o‘tkazma miqdori: 1 AQSH dollari
QANDAY AFZALLIKLARI BOR?
-
Qulay – Pul yuborish uchun faqat odamning kontaktlar ro'yxatida qanday yozilganini eslab qolish kifoya. Uning karta raqami kerak emas.
-
Juda tez - atigi bir necha marta bosish kifoya. Tasdiqlangandan so’ng, o‘tkazma darhol amalga oshiriladi.
-
Xavfsiz - Visa kartalari bilan amalga oshiriladigan barcha operatsiyalar, shu jumladan pul o'tkazmalari, xavfsiz va oson.
-
Maxfiylik - Visa har bir pul o‘tkazmasining maxfiyligini kafolatlaydi.
VISA BILAN TELEFON ORQALIPUL O’TKAZMALARINIQANDAY AMALGA OSHIRISH MUMKIN?
Bank ilovasiga kirib, "Telefon raqami orqali pul o‘tkazmalari" bo‘limini tanlang, kerakli kontaktni tanlab, summani kiriting va pul o‘tkazmasini yuboring.
O‘tkazmani qabul qilish uchun - Bank ilovasiga kirib, "Telefon raqami orqali pul o‘tkazmalari" bo‘limini tanlang, o‘tkazmalarni olish imkoniyatini yoqing. Ro‘yxatdan kerakli kartani tanlang.
O’TKAZMANI AMALGA OSHIRISH UCHUN QABUL QILUVCHINING KARTA RAQAMINI BILISH SHARTMI?
Agar qabul qiluvchi telefon raqami orqali o‘tkazmalarni qabul qilish imkoniyatini faollashtirgan bo‘lsa, siz uning kartasi raqamini bilishingiz shart emas. Faqat uning telefon raqami yoki kontaktingizda qanday yozilganini bilish kifoya.
BITTA TELEFON RAQAMIGA NECHTAKARTA BOG’LASH MUMKIN?
Faqat bitta karta.
TELEFON RAQAMI ORQALI PUL O’TKAZMALARI FAQAT BITTA MAMLAKATDA MAVJUDMI?
Pul o’tkazmalarini mamlakat ichida va xorijda amalga oshirish mumkin.