Infin Barqaror (onlayn/statsionar)
Muddatli omonatning asosiy shartlari to‘g‘risidagi axborot VARAQASI*
Tijorat bankining nomi, rasmiy veb-sayti, telefon raqamlari |
«Invest Finance Bank» aksiyadorlik jamiyati; www.infinbank.com, tel: +99871-202-50-60 |
1-bo‘lim. Omonatning asosiy shartlari
1. Omonat nomi |
InFin Barqaror |
2. Omonatning valyutasi |
Xorijiy valyutada (AQSh dollari) |
3. Omonat bo‘yicha yillik foiz stavkasi |
6% yillik foiz stavkasi |
4. Omonat bo‘yicha hisoblangan foizlarni kapitalizasiyasi mavjudligi (hisoblangan foizni asosiy mablag‘ga qo‘shib qayta foiz hisoblash) |
Mavjud emas |
5. Omonatning muddati |
18 oy |
6. Omonatga qo‘yiladigan mablag‘ning eng kam miqdori |
500 AQSh dollari |
7. Omonat bo‘yicha foizlarni to‘lash davriyligi |
Har oy to‘lanadi |
8. Omonatni rasmiylashtirish usuli |
Onlayn/bankka tashrif buyurish orqali |
9. Qo‘shimcha mablag‘ kiritish imkoniyati |
Qo‘shimcha mablag‘ kiritish mumkin emas |
10. Avtouzaytirish (omonat muddati tugaganda omonat muddatini bank tomonidan bir tomonlama uzaytirish) |
Avtouzaytirish ko‘zda tutilmagan |
11. Boshqa shartlar |
Omonat foizlari talab qilib olinguncha depozit xisob raqamiga/ mijoz elektron xamyoni xisobraqamiga yo‘naltiriladi |
2-bo‘lim. Boshqa muhim shartlar
1. Omonatga qo‘yilgan pul mablag‘larini omonat muddati tugagunga qadar qisman yechib olish imkoniyatining mavjudligi |
Qisman yechib olish mumkin emas |
2. Omonat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish tartibi |
Muddatidan oldin bekor qilinganda: hisoblangan foizlar 1 oydan 3 oygacha – yillik 4%, 4 oydan 9 oygacha – yillik 5%, 9 oydan 12 oygacha – yillik 5,5%, 12 oydan omonatning muddati tugagunga qadar 6% dan to‘lab beriladi. |
Omonat qo‘yishga rozi bo‘lishdan oldin diqqat bilan o‘rganib chiqing!
Siz omonatning shartlari, daromadlar va omonat bo‘yicha hisob-kitoblar tartibi to‘g‘risida, shuningdek huquqlaringiz va majburiyatlaringiz, Sizga tushunarsiz bo‘lgan boshqa masalalar yuzasidan bankdan to‘liq va batafsil ma'lumot olishga haqlisiz.
Agar Sizda shikoyatlar mavjud bo‘lsa, u holda Siz murojaatingizni +99871-202-50-60 raqamli telefonga yoki Toshkent sh., Mirzo-Ulugbek tumani, Mustaqillik ko‘chasi,17B-uy manzilga yoki info@infinbank.com elektron manzilga jo‘natishingiz mumkin.
* Mazkur varaqa omonat shartnomasi yoki omonat olish uchun buyurtmanoma o‘rnini bosmaydi, aksincha turli banklarning omonat shartlarini taqqoslashga va kerakli tanlovni amalga oshirishga yordam beradi.
pdf(416 Kb)