Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi (2025-yil 18-fevraldagi O‘RQ-1031-son)
O‘zbekiston Respublikasining “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, davlat jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yuridik shaxslarning banklardagi omonatlari saqlanishini bir omonatchi uchun bir bankda 200 000 000 (ikki yuz million) so‘mgacha bo‘lgan miqdorda kafolatlaydi. “InFinBank” AJ da joylashtirilgan jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning omonatlari majburiy kafolatlash obyektiga kiradi.
