Infin Yangilik 3 (onlayn / statsionar)

Infin Yangilik 3 (onlayn / statsionar)

Infin Yangilik 3 (onlayn / statsionar)

Muddatli omonatning asosiy shartlari to‘g‘risidagi axborot VARAQASI* 

Tijorat bankining nomi, rasmiy veb-sayti, telefon raqamlari:

«Invest Finance Bank» aksiyadorlik

jamiyati; www.infinbank.com, tel: +99871-202-50-60

1- bo‘lim. Omonatning asosiy shartlari 

1. Omonat nomi

Infin Yangilik 3

2. Omonatning valyutasi

Xorijiy valyutada (AQSh dollari)

3. Omonat bo‘yicha yillik foiz stavkasi

7 % yillik foiz stavkasi

4. Omonat bo‘yicha hisoblangan foizlarni kapitalizasiyasi mavjudligi (hisoblangan foizni asosiy mablag‘ga qo‘shib qayta foiz hisoblash)

Mavjud emas

5. Omonatning muddati

13 oy

6. Omonatga qo‘yiladigan mablag‘ning eng kam miqdori

100 AQSh dollari

7. Omonat bo‘yicha foizlarni to‘lash davriyligi

Har oy to‘lanadi

8. Omonatni rasmiylashtirish usuli

Onlayn/bankka tashrif buyurish orqali

9. Qo‘shimcha mablag‘ kiritish imkoniyati

6 oy

10. Avtouzaytirish (omonat muddati tugaganda omonat muddatini bank tomonidan bir tomonlama uzaytirish)

Avtouzaytirish ko‘zda tutilmagan

11. Boshqa shartlar

Omonat foizlari talab qilib olinguncha depozit xisob raqamiga / elektron xamyon xisob raqamiga

2- bo‘lim. Boshqa muhim shartlar 

1.Omonatga qo‘yilgan pul mablag‘larini omonat muddati tugagunga qadar qisman yechib olish imkoniyatining mavjudligi

Barcha avval hisoblangan foizlar yillik 5,6% stavka bo‘yicha qayta hisoblanadi.
Agar mablag‘ bir kunda bir necha bor yechib olinsa, foizlarni qayta hisoblash faqat bir marta amalga oshiriladi. Keyingi yechib olishda (boshqa kuni) foizlarni qayta hisoblash faqat oldingi yechib olishdan keyin hisoblangan foizlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Foizlar bo‘yicha ortiqcha to‘langan summa bank tomonidan omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi. Foizlar pul mablag‘larining omonatda amalda bo‘lgan to‘liq oylar soni uchun to‘lanadi.

2.Omonat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish tartibi

Omonat muddatidan oldin yopilganda, hisoblangan foizlar yillik 5,6% stavka bo‘yicha qayta hisoblanadi.
Foizlar bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalar bank tomonidan omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi. Foizlar pul mablag‘larining omonatda amalda bo‘lgan to‘liq oylar soni uchun to‘lanadi.

3.Omonatlarni himoya qilish kafolati

InfinBank omonatlarni kafolatlash tizimi ishtirokchisi hisoblanadi. Omonatlar kafolatini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining "Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida"gi qonun bilan tartibga solinadi. "Invest Finance Bank" AJda ochilgan omonatlar bankning moliyaviy barqarorligi bilan kafolatlanadi.

Batafsil: www.fgd.uz

 

Omonat qo‘yishga rozi bo‘lishdan oldin diqqat bilan o‘rganib chiqing! 

Siz omonatning shartlari, daromadlar va omonat bo‘yicha hisob-kitoblar tartibi to‘g‘risida, shuningdek huquqlaringiz va majburiyatlaringiz, Sizga tushunarsiz bo‘lgan boshqa masalalar yuzasidan bankdan to‘liq va batafsil ma'lumot olishga haqlisiz.

Agar Sizda shikoyatlar mavjud bo‘lsa, u holda Siz murojaatingizni +99871-202-50-60 raqamli telefonga yoki Toshkent sh., Mirzo-Ulug`bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi,17B-uy manzilga yoki info@infinbank.com elektron manzilga jo‘natishingiz mumkin.

* Mazkur varaqa omonat shartnomasi yoki omonat olish uchun buyurtmanoma o‘rnini bosmaydi, aksincha turli banklarning omonat shartlarini taqqoslashga va kerakli tanlovni amalga oshirishga yordam beradi.


×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.