Oltin quymalar
Oʻlchovli oltin quymalar toʻgʻrisidagi maʼlumot
Aholining investitsiya va jamgʻarish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, qimmatbaho metallar muomalasini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻlchovli oltin quymalarni tijorat banklari orqali sotuvga chiqarmoqda.
Ogʻirligi 5, 10, 20 va 50 gramm boʻlgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadogʻi sertifikat vazifasini bajaradi va oʻz seriya raqamiga ega boʻladi.
Oltin quymalarning sotish va qaytarib sotib olish narxlari oltinning jahon bozoridagi narxi va Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki chegirma asosida shakllanadi va har kuni Markaziy bankning veb-saytida milliy valyutada eʼlon qilib boriladi.
Maʼlumot uchun: Marja va chegirma miqdorlari oʻlchovli quymalarning muomalaga chiqarilishi va muomalada boʻlishi bilan bogʻliq operatsion xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Qadoqlari but oltin quymalar sotuv shaxobchalarida tijorat banki tomonidan yombi egasiga toʻlovni darxol amalga oshirish orqali qaytarib sotib olinadi.
Qadogʻi buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan oltin quymalarni qaytarib sotib olish ularni texnik ekpertizadan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi va ekspertiza oʻtkazilgandan soʻng toʻlov toʻlab beriladi.
Qadogʻi but holatdagi oltin quymalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.
Oʻlchovli oltin quymalar va ularning maxsus himoya qadoqlari namunalari
Oltin quymalar 5, 10, 20 va 50 gramm ogʻirliklarda va asillik darajasi 999,9 boʻlgan oltindan tayyorlangan.
Oltin quymalar Italiyaning "Certiline Srl." kompaniyasi bilan xamkorlikda ishlab chiqilgan maxsus qadoqlarda muomalaga chiqariladi.
Oltin quyma va uning qadogʻi bir hil seriya raqamiga ega. Qadoqda 3 turdagi himoya elementlari mavjud:
Oʻlchovli oltin quymalarni sotuv narxlari
Og'irligi |
Sotish narxi (23.06.2025) |
5 gram |
7 004 000 so’m |
10 gram |
14 009 000 so’m |
20 gram |
28 017 000 so’m |
50 gram |
70 043 000 so’m |
100 gram |
140 087 000 so’m |
Xalqaro qimmatbaho metallar bozori konʼyunkturasidan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan narxlar kun davomida qayta koʼrib chiqilishi mumkin.