

Kredit summasi
1 mlrd so‘mgacha

Kredit stavkasi
yillik 18.99%

Kredit muddati
7 yilgacha
Siz uchun foydali ma’lumot
Kredit valyutasi
O‘zR milliy valyutasi – so‘m
Kredit muddati
12 oydan ortiq barqaror yillik daromadi* bo‘lgan mijozlar uchun 84 oygacha;
6 oydan ortiq barqaror yillik daromadga ega mijozlar uchun 36 oygacha.
*Barqaror yillik tushum - mijozning hisobraqamiga muntazam, oylik tushumlar.а
6 oydan ortiq barqaror yillik daromadga ega mijozlar uchun 36 oygacha.
*Barqaror yillik tushum - mijozning hisobraqamiga muntazam, oylik tushumlar.а
Asosiy qarzni so‘ndirish bo‘yicha imtiyozli davrni belgilash imkoniyati
Mavjud emas
Foiz stavkasi
18.99%
Minimal kredit summasi
Belgilanmagan
Maksimal kredit summasi
yillik tushumdan 30% gacha*
biroq 1 000 000 000,00 (bir milliard) so‘mdan ortiq emas
Kreditni so‘ndirish
Har oy, annuitet to‘lovlari bilan
Ta’minotning maqbul turlari
Ta’minot likvidli mol-mulk yoki Bank uchun maqbul bo‘lgan boshqa turdagi ta’minot ko‘rinishida taqdim etilishi va kredit operatsiyasi bo‘yicha asosiy qarz summasining kamida 125 foizini qoplashi kerak.
Ta’minlanganlik foizi
- 500 000 000 so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha ta’minot kredit summasining 50 foizi miqdorida sug‘urta polisi va kredit summasining 75 foizi miqdorida korxona ta’sischisi (ta’sischilari) kafilligidan iborat bo‘lishi kerak;
-
500 000 000 so‘mdan ortiq kreditlar bo‘yicha ta’minot kredit summasining 50 foizi miqdorida sug‘urta polisi va kredit summasining 75 foizi miqdorida likvidli mol-mulkdan iborat bo‘lishi kerak.
Ta’minotning umumiy qiymati kredit summasining kamida 125 foizini tashkil etishi kerak.
Bankka aloqador shaxslar uchun ta’minotning umumiy qiymati kredit summasining kamida 130 foizini tashkil etishi kerak.
Qarz oluvchilarga qo‘yiladigan majburiy talablar
- Qarz oluvchining tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganiga kamida 6 oy bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyekti bo‘lishi;
- “InFinBank” AJda talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga (asosiy yoki ikkilamchi*) ega bo‘lishi;
- Qarz oluvchida/Kafilda salbiy kredit tarixi mavjud emasligi;
- So‘nggi uch oy ichida direktor va/yoki ta’sischi almashmaganligi;
-
Potensial Qarz oluvchi/Kafilga qo‘yiladigan boshqa talablar, ta’minot va kredit olish shartlari bankning Kredit siyosati hamda bankning tegishli ichki me’yoriy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
*Ikkilamchi hisobvaraqdan foydalanishga, boshqa bankdagi kredit qarzini to‘lash uchun kredit ajratilgan taqdirda, kredit ajratilgan kundan keyingi 5 ish kuni ichida asosiy hisobvaraqni “InFinBank” AJga o‘tkazish sharti bilan ruxsat beriladi. Mazkur majburiyat bajarilmagan taqdirda, Bank olingan kredit summasining 5 foizi miqdorida jarima qo‘llash huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati
- Qarz oluvchining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
- Qarz oluvchi - yuridik shaxsning ustavi va ta’sis hujjatlari nusxasi barcha o‘zgartirishlar bilan birga;
- Agar shaxs qarz oluvchining vakili bo‘lsa, shaxsning qarz oluvchi nomidan kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi, imzo namunalari;
- Kreditlashning barcha shartlari va kredit bo‘yicha ta’minoti tavsiflangan kredit arizasi;
- Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi vakolatli organining tegishli shartlarda zarur kredit summasini jalb qilish va kredit bo‘yicha ta’minot taqdim etish to‘g‘risidagi qarori/bayonnomasi;
- Boshqa banklarda hisobvaraqlar mavjud bo‘lganda, xizmat ko‘rsatuvchi banklarning Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchida kartoteka № 2, kreditlar, lizing, akkreditivlar bo‘yicha qarzdorlik yo‘qligi/mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalari, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi bankning xati ko‘rinishidagi oxirgi 12 oylik aylanmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va elektron shakldagi aylanmalar tafsiloti;
- “InFinBank” AJning korporativ kreditlash bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan kredit operatsiyalari bo‘yicha ta’minotni qabul qilish tartibi” ga muvofiq taqdim etiladigan kredit ta’minoti bo‘yicha hujjatlar.

Qarz oluvchi
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar
Kreditlash shakli
Kredit liniyasini ochmasdan (bir martalik ajratish)
Kreditlash usuli
Kredit mablag‘larini qarz oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish orqali
Kredit maqsadi
Kredit tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan korporativ mijozlarga quyidagi shakllarda beriladi:
1. Maqsadsiz moliyalashtirish - mablag‘larning maqsadli ishlatilishini keyinchalik nazorat qilmasdan biznesni rivojlantirish uchun, shu jumladan Bankning yangi mijozlariga kredit mablag‘larini mijozning “Infinbank” AJdagi depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish orqali.
2. Maqsadli moliyalashtirish (qayta moliyalashtirish) — qarz oluvchining boshqa bankdagi kredit qarzini so‘ndirish (sotib olish) uchun, shu jumladan:
1. Maqsadsiz moliyalashtirish - mablag‘larning maqsadli ishlatilishini keyinchalik nazorat qilmasdan biznesni rivojlantirish uchun, shu jumladan Bankning yangi mijozlariga kredit mablag‘larini mijozning “Infinbank” AJdagi depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish orqali.
2. Maqsadli moliyalashtirish (qayta moliyalashtirish) — qarz oluvchining boshqa bankdagi kredit qarzini so‘ndirish (sotib olish) uchun, shu jumladan:
- yangi mijozlar uchun: yangi mijozlarning boshqa bankdagi kredit qarzlarini so‘ndirish (sotib olish) uchun. Bunda kredit summasining bir qismini boshqa bankdagi qarzni so‘ndirishga, qolgan qismini esa yangi mijozning omonat hisobvarag‘iga yo‘naltirishga ruxsat etiladi;
-
joriy mijozlar uchun: “InFinBank” AJning joriy mijozlarining boshqa bankdagi kredit qarzlarini so‘ndirish (sotib olish) uchun.
*“InFinBank” AJdagi kredit qarzini so‘ndirish uchun kredit ajratish taqiqlanadi.
Moliyalashtirishni ochish tartibi
Moliyalashtirish Bankning vakolatli organi tomonidan ijobiy qaror qabul qilingandan, zarur shartnomalar imzolangandan, ta’minot taqdim etilgandan va tegishli ravishda rasmiylashtirilgandan, garov davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan (agar bunday ro‘yxatdan o‘tish talab etilsa), garov predmeti sug‘urtalangandan, shuningdek Bank tomonidan belgilangan boshqa dastlabki shartlar bajarilgandan so‘ng taqdim etiladi.