VISA plastik kartalari
Ushbu karta Visa belgisi tushirilgan deyarli barcha nuqtalarda toʻlov uchun qabul qilinadi. Bu kartani ham elektron, ham mexanik terminallarda qoʻllash mumkin.
"Visa International" xalkaro plastik kartalari
Visa kartalari bu – 200 dan ziyod davlatdagi karta egalari, savdo-servis korxonalari, moliyaviy va davlat muassasalariga elektron toʻlovlar boʻyicha tez, xavfsiz va ishonchli tarmoqqa kirish imkoniyatini beruvchi toʻlov tizimidir. Elektron toʻlovlar Global innovatsion protsessing tizim – VISANet yordamida amalga oshiriladi va bu tizim bir soniyada 24 000 dan ortiq tranzaktsiyani qayta ishlay oladi. U isteʼmolchilarga firibgarlikdan himoya, savdo-servis tashkilotlariga esa toʻlovlarning amalga oshirilishini kafolatlaydi.
Visa kartalariga xizmat koʻrsatish tarmogʻi dunyodagi eng keng tarmoqlardan biri boʻlib, 24 mln.dan ortiq xizmat koʻrsatish shahobchalariga ega, shu jumladan bir millionga yaqin bankomatlardan iborat. Visa kartalari 150 dan ziyod dunyo mamlakatlarida qabul qilinadi.
Xalqaro plastik kartadan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma
VISA CLASSIC
Bu karta Visa logotipi mavjud boʻlgan qariyb barcha shaxobchalarda toʻlov uchun qabul qilinadi. U elektron, mexanik toʻlov terminallari va bankomatlarida, hamda internet yoki telefon orqali toʻlov uchun ham qabul qilinadi.
Internet toʻlovlari uchun kartada maxsus servis kodi mavjud boʻlib, u kartaning orqa tarafida keltirilgan va uchta sondan iborat.
VISA GOLD
Ushbu nomdor kartalar egasining yuqori ijtimoiy mavqeini alohida taʼkidlab koʻrsatadi va xizmat koʻrsatish vaqtida oʻzgacha eʼtiborni kafolatlaydi.
VISA CLASSIC kartalarining imtiyozlariga qoʻshimcha ravishda, VISA GOLD toifa karta egalari – doimiy tartibda butun dunyo boʻylab tovar va xizmatlarga toʻlov amalga oshirishda eksklyuziv imtiyoz va sezilarli chegirmalardan foydalanadilar.
VISA PLATINUM
Visa Platinum – yuqori daromadli va ijtimoiy mavqega ega boʻlgan shaxslar uchun mansub kartadir.
Visa Platinum ushbu karta egasiga eng yuqori darajadagi xizmat va eʼtiborni anglatadi. Koʻplab doʻkon va restoranlar Visa Platinum kartalari egalari uchun imtiyoz dasturlarida qatnashadilar.
Bank mijozlarini qoʻllab-quvvatlash xizmati:+(998) 71 202-50-60; +(998) 71 202-50-71