NRG ipotekasi

NRG ipotekasi

NRG ipotekasi

Kredit muddati 240 oygacha
Kreditning maqsadi NRG BI GROUP brendi ostida quriladigan ko‘p xonadonli turar joydan xonadon sotib olish uchun
Yillik foiz stavkasi Kredit 20% stavkada taqdim etiladi, uy-joy qurilishi tugatilib, bankka garov sifatida taqdim etilgandan so‘ng kreditning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan qoplangan (qayta moliyalashtirilgan) qismiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi +2,99 % miqdordagi stavka, kreditning qolgan qismi uchun esa 22% miqdordagi Stavka qo‘llaniladi.
Kredit summasi Oldi-sotdi shartnomasi va boshlang‘ich to‘lov miqdoridan kelib chiqqan holda 1 500 000 000 so’mgacha belgilanadi.
Kredit ikki qismga bo‘lib moliyalashtiriladi:
Birinchi qism keyinchalik (uy-joy qurilishi tugatilib, garovga olingach) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan qoplanishi (qayta moliyalashtirilishi) ko‘zda tutilgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardan uy-joy sotib olish uchun 380 000 000 (uch yuz sakson million) so‘m, Toshkent shahridan uy-joy sotib olish uchun 480 000 000 (to‘rt yuz sakson million) so‘mdan oshmagan miqdordan bank resurslari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ikkinchi (qolgan) qismi to‘liq muddatga bank resurslari hisobidan moliyalashtiriladi
Dastlabki badal miqdori Uy-joy qiymatining 20% dan kam bo‘lmagan miqdorda. 
Garov
  • Kredit evaziga sotib olinayotgan xonadon qurilishi tugatilib mijoz nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunga qadar yuridik shaxs kafilligi va sotuvchi (pudratchi) tomonidan bankka joylashtiriladigan Depozit (Loyihaning 20% miqdorida);
  • Turar joy sotib olish shartnomasi bo’yicha mijozning talab qilish huquqi;
  • Kredit evaziga sotib olinayotgan xonadon qurilishi tugatilib mijoz nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng garovga qabul qilinadi.
Ta’minotning umumiy miqdori kredit miqdorining 125% dan, bankka aloqador shaxslar uchun 130% dan kam bo‘lmasligi lozim.
Muayyan qaytarish muddatlari
  • Asosiy qarzni - har oy;
  • Hisoblangan foizlarni - har oy;
  • Kredit bo‘yicha foizlarni hisoblash kredit bo‘yicha qarzdorlikning haqiqiy qoldig‘i uchun kredit mablag‘laridan foydalangan sanadan boshlanadi.
Qarz olmoqchi bo‘lganlarga qo‘yiladigan talablar
  • Yoshi 18 va undan yuqori, 60 yoshdan kichik bo‘lgan jismoniy shaxslar. Bunda yoshi 18 ga teng va undan yuqori, ammo 25 yoshdan kichik hamda 50 yoshdan katta bo‘lgan Qarz oluvchilarni kreditlashda Birgalikda qarz oluvchi talab etiladi. Birgalikda qarz oluvchining yoshi 25 yosh va undan yuqori, ammo 50 yoshdan katta bo‘lmasligi lozim;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
  • Joriy davrda muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim;
  • Kredit tarixida oxirgi 12 oy davomida 90 kundan oshiq muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
  • Doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar, shuningdek, ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi;
  • Qarz yuki ko‘rsatkichi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025 yil 22 aprelda 3618-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha to‘lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq bo‘lishi.
  • 2024 yil 1 maydan kredit arizasi sanasiga qadar mijoz Iqtisodiyot va Moliya vazirligi resurslari asosida Ipoteka krediti olmagan bo‘lishi
  • Doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar, shuningdek, ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi;
  • Ipoteka kreditini olish uchun birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda boshlangʻich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega boʻlishi. Bunda *Ipoteka krediti boʻyicha subsidiya ajratilganda boshlangʻich badal miqdori — boshlangʻich badal uchun subsidiyaning qatʼiy belgilangan miqdori va qarz oluvchi tomonidan uy-joy qiymatining kamida 5 foiziga teng boʻlgan miqdorda shakllantiriladi.
Kerakli hujjatlar
  • Kredit uchun ariza;
  • Qarz oluvchi tomonidan to‘ldirilgan savolnoma-anketa;
  • Pasportning yoki Qarz oluvchining shaxsini va yashash joyini tasdiqlovchi boshqa hujjat asl nusxasi, undan Kredit xodimi tomonidan nusxa ko‘chiriladi;
  • Chakana kreditlash front ofisi/BXM xodimi tomonidan nusxa olinadigan mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar: pasport, ID karta, harbiy guvohnoma va yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasi yashash guvohnomasining asl nusxasi;
  • Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi daromadlarini tasdiqlovchi hujjatlar. Ushbu hujjatlar taqdim etilmagan holatlarda Bank tomonidan anketa so‘rovnomasi orqali va tashqi manbalarga elektron so‘rovnoma jo‘natish orqali aniqlanishi mumkin;
  • Qarz oluvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs bo‘lgan taqdirda Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida matritsali shtrix kodga (QR-kod) ega bo‘lgan ma’lumotnoma.
Kredit talabnomasini topshirish joyi Kreditga talabnoma berish hamda uni rasmiylashtirish bank filiallari va bo‘linmalarida amalga oshiriladi.
To‘lov grafigi Annuitet yoki differensial
Kreditni ko‘rib chiqish muddati Kredit talabnomasini ko‘rib chiqish muddati talabnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 3 kun. Kredit talabnomasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida 24 soat ichida mijozga xabar beriladi.
Kreditni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirishga doir qo‘shimcha to‘lovlar Mavjud emas
Muddatidan oldin qaytarish Qo‘shimcha vositachilik haqi va jarimalarsiz ushbu turdagi kredit bo‘yicha muddatidan oldin qaytarish nazarda tutilgan.
Asosiy qarz bo‘yicha imtiyozli davr Mavjud emas
Quyidagi omillar tufayli kredit berish borasida salbiy qaror qabul qilinishi mumkin
  • Salbiy kredit tarixi (kredit bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni o‘z vaqtida to‘lamaslik, kreditlar bo‘yicha joriy muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjudligi);
  • Qarz olmoqchi bo‘lgan shaxsning beqaror daromadi yoki ularning yo‘qligi;
  • Qarz olmoqchi bo‘lgan shaxs tomonidan taqdim etilgan noto‘g‘ri, ishonchsiz va noto‘liq ma'lumot;
  • Kredit bo‘yicha garovning yo‘qligi.

Kredit toʻliq qiymatini hisoblash

500 000

16 000 000

Qoʻshimcha harajatlar


Kredit turi
Kredit miqdori
Kredit muddati
Yillik foiz ustamasi
Garovni rasmiylashtirish, sugʻurta va kreditni rasmiylashtirish jarayonlariga oid boshqa harajatlar
Kredit ajratilishining taxminiy sanasi
Kreditning toʻliq qiymati
Boshlangʻich toʻlov

Oy Аsosiy qarz boʻyicha qarzdorlik qoldigʻi, soʻm Аsosiy qarzni soʻndirish miqdori, soʻm Foizlar miqdori, soʻm Jami soʻndirish miqdori, soʻm
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.