O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun mikroqarz
Kredit muddati | 9 oydan 36 oygacha |
Kreditning maqsadi | Mikroqarzlar O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN ShAXSLARga O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida istalgan maqsadda, bank tomonidan qarz oluvchining (mijozning) “InfinBANK” AJda ochilgan plastik kartalariga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan, yoki mikroqarz summasini "InfinBANK" AJda ochilgan qarz oluvchining talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish yo‘li bilan taqdim etiladi. |
Yillik foiz stavkasi |
|
Kredit summasi | 100 mln. so‘mgacha |
Garov |
|
Muayyan qaytarish muddatlari |
|
Qarz olmoqchi bo‘lganlarga qo‘yiladigan talablar |
|
Kerakli hujjatlar |
|
Kredit berish shakli | Milliy valyutada (so‘mda) naqd pulsiz shaklda, bank tomonidan qarz oluvchining (mijozning) “InfinBANK” AJda ochilgan plastik kartalariga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan yoki mikroqarzni qarz oluvchining talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish yo‘li bilan beriladi. |
Kredit talabnomasini topshirish joyi | Kreditga talabnoma berish va uni rasmiylashtirish bank filiallari va bo‘linmalarida amalga oshiriladi. |
Kreditni ko‘rib chiqish muddati | Kredit talabnomasini ko‘rib chiqish muddati talabnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 3 kun. Kredit talabnomasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida 24 soat ichida mijozga xabar beriladi. |
Kreditni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirishga doir qo‘shimcha to‘lovlar | Yo‘q |
Muddatidan oldin qaytarish | Qo‘shimcha vositachilik haqi va jarimalarsiz ushbu turdagi kredit bo‘yicha muddatidan oldin qaytarish nazarda tutilgan. |
Asosiy qarz bo‘yicha imtiyozli davr | 3 oy |
Quyidagi omillar tufayli kredit berish borasida salbiy qaror qabul qilinishi mumkin |
1. Salbiy kredit tarixi (kredit bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni o‘z vaqtida to‘lamaslik, kreditlar bo‘yicha joriy muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjudligi); 2. Qarz olmoqchi bo‘lgan shaxsning beqaror daromadi yoki ularning yo‘qligi 3. Qarz olmoqchi bo‘lgan shaxs tomonidan taqdim etilgan noto‘g‘ri, ishonchsiz va noto‘liq ma'lumot. 4. Kredit bo‘yicha garovning yo‘qligi. |
Quyidagi omillar kredit berish borasida ijobiy qaror qabul qilishga ta'sir qilishi mumkin |
1. Ijobiy kredit tarixi (kreditlar va foizlarni o‘z vaqtida to‘lash, kreditlar bo‘yicha muddati o‘tib ketgan joriy qarzdorlikning yo‘qligi). 2. Qarz olmoqchi bo‘lgan shaxsning barqaror daromadlari 3. Qarz olmoqchi bo‘lgan shaxsning qoniqarli moliyaviy ahvoli 4. Kreditni qoplashga yetadigan miqdor va hajmdagi garovning mavjudligi |
Kredit bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish muddatlari buzilganda, muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga nisbatan foiz stavkasi muddati o‘tgan qarzdorlik paydo bo‘lgan sanadan boshlab 1,5 baravarga oshiriladi. | |
Diqqat! Kreditning foiz miqdori nominal foiz stavkasi asosida hisoblanadi. Kreditning to‘liq qiymati esa jami foizlar va boshqa turdagi to‘lovlar belgilangan muddatlarda va belgilangan miqdorda to‘langan taqdirda siz uchun qanchaga tushishini ko‘rsatadi. Kreditning to‘liq qiymatini hisoblash tartibi bilan “kreditlar” bo‘limida tanishish mumkin. | |
Diqqat! Mazkur kreditning nominal foiz stavkasi o‘zgartirilishi mumkin. Bunda, mazkur o‘zgartish qarz oluvchi bilan kelishiladi! |

Mikroqarz shartnomasi
pdf(608 Kb)