Mikroqarzlar
Kredit muddati |
20 mln. co‘mgacha - 18 oygacha; 100 mln. co‘mgacha - 36 oygacha. |
Kredit maqsadi |
Mikroqarz O‘zR milliy valyutasida har qanday maqsadlar uchun bank tomonidan pul mablag‘larini qarz oluvchining (mijoz) «InfinBANK» AJda ochilgan plastik kartasiga, yoki mikroqarz summasini qarz oluvchining «InfinBANK» AJda ochilgan talab qilingunga qadar bo‘lgan hisobvarag‘iga o‘tkazish yo‘li orqali taqdim etiladi. |
Yillik foiz stavkasi |
20 mln. so‘mgacha bo‘lgan miqdor uchun yillik foiz stavkasi - 47,99% 100 mln. so‘mgacha bo‘lgan miqdor uchun yillik foiz stavkasi - 34,99% |
Kredit miqdori |
20 mln. so‘mdan 100 mln. so‘mgacha |
Ta'minot |
1) 20 mln. so‘mgacha bo‘lgan miqdor uchun ta'minot sifatida jismoniy shaxsning kafilligi yoki kreditni so‘ndirmaslik xavfi sug‘urta polisi qabul qilinadi; 2) 20 mln. so‘mdan ortiq va 100 mln.so‘mgacha bo‘lgan miqdor uchun ta'minot sifatida Bankni qanoatlantiruvchi likvid garov qabul qilinadi. |
So‘ndirish chastotasi |
Asosiy qarz - har oy. Hisoblangan foizlar - har oy. Kredit bo‘yicha foizlarning hisoblanishi kredit mablag‘lari ishlatilgan sanadan boshlanadi. |
Potensial qarz oluvchiga talablar |
|
Zaruriy hujjatlar |
1. Kredit arizasi 2. Ish haqi plastik kartasining va u bo‘yicha kamida 3 oylik aylanmalarning mavjudligi. Bunda aylanmalar barcha amaldagi kreditlar (xususan yangi olinayotgan kredit) bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun yetarli bo‘lishi kerak; 3. Qarz oluvchining shaxsi va yashash manzilini tasdiqlovchi pasport yoki boshqa hujjatning asl nusxasi, undan Kredit bo‘limi xodimi nusxa oladi; 4. Ta'minotga oid hujjatlar. |
Kreditni taqdim etish shakli |
O‘zR milliy valyutasida (so‘m) bank tomonidan pul mablag‘larini qarz oluvchining (mijoz) «InfinBANK» ATBda ochilgan plastik kartasiga, yoki mikroqarz summasini qarz oluvchining «InfinBANK» ATBda ochilgan talab qilingunga qadar bo‘lgan hisobvarag‘iga o‘tkazish yo‘li orqali taqdim etiladi. |
Kredit arizasini topshirish joyi |
Kreditga arizasi va kreditni rasmiylashtirish bankning filiallari va bo‘linmalarida amalga oshiriladi. |
Kredit arizasini ko‘rib chiqish muddati |
Kredit ariza u rasmiylashtirilgan sanadan 3 kun davomida ko‘rib chiqiladi. Kredit arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror mijozga 24 soat ichida ma'lum qilinadi |
Avans to‘lovi |
Ko‘zda tutilmagan. |
Kreditni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirishga doir qo‘shimcha to‘lovlar |
Mavjud emas |
Muddatidan oldin so‘ndirish |
Ko‘shimcha komissiya va jarimalarsiz ushbu turdagi kredit bo‘yicha qarzni muddatidan oldin so‘ndirish ko‘zda tutiladi. |
Asosiy qarz va foizlar bo‘yicha imtiyozli davr |
Ko‘zda tutilmagan |
Taqdim etiladigan kredit bo‘yicha salbiy qaror qabul qilishga ta'sir etuvchi ehtimoliy omillar |
1. Salbiy kredit tarixi (asosiy qarz va kredit foizlarini o‘z vaqtida so‘ndirmaslik, kreditlar bo‘yicha joriy kechiktirilgan qarzdorlikning mavjudligi); 2. Potensial qarz oluvchining beqaror daromadlari yoki uning yo‘qligi (kredit arizasi topshirilgan sanagacha kamida 3 oy mobaynida joriy ish joyidan doimiy daromadning mavjud emasligi); 3. Potensial qarz oluvchining noaniq, ishonchsiz, noto‘liq ma'lumot taqdim etishi. 4. Kredit bo‘yicha ta'minotning mavjud emasligi. |
Taqdim etiladigan kredit bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilishga ta'sir etuvchi ehtimoliy omillar.
|
1. Ijobiy kredit tarixi (asosiy qarz va kredit foizlarini o‘z vaqtida so‘ndirganlik, joriy kechiktirilgan qarzdorlikning mavjud emasligi). 2. Potensial qarz oluvchining barqaror daromadlari (kredit arizasi topshirilgan sanagacha kamida 3 oy mobaynida joriy ish joyidan doimiy daromadning mavjudligi) 3. Potensial qarz oluvchining qanoatlantiruvchi moliyaviy ahvoli 4. Kreditni qoplashga yetarli miqdor va hajmda ta'minotning mavjudligi (kredit miqdoridan kamida 125%) |
Kredit bo‘yicha asosiy qarzni to‘lashga oid muddatlarga rioya qilingmagan taqdirda, o‘z vaqtida to‘lanmagan qarzga nisbatan foiz stavkasi kechiktirilgan qarzdorlik paydo bo‘lgan sanadan boshlab 1,5 baravarga ortadi. |
|
Diqqat! Kreditning foiz miqdori nominal foiz stavkasi asosida hisoblanadi. kreditning to‘liq miqdori esa foizlar va boshqa turdagi to‘lovlar o‘rnatilgan muddatlarda va butun miqdorda to‘langan holatda siz uchun qanchaga aylanishini ko‘rsatadi. |
|
Diqqat! Mazkur kreditning nominal foiz stavkasi o‘zgartirilishi mumkin. bunday holat yuz bergan taqdirda, o‘zgarishlar qarz oluvchi bilan kelishiladi. |
doc(60 Kb)