|
Kredit muddati
|
240 oygacha
|
|
Kreditning maqsadi
|
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratish. hisobvarag‘iga o‘tkazish yo‘li bilan taqdim etiladi.
|
|
Subsidiya
|
Ipoteka kreditlari asosida kvartira sotib olish uchun boshlangʻich badal va kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida Davlat budjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaraqqa oʻtkazilgan mablagʻ.
|
|
Mablag‘lardan foydalanish imkoniyati
|
Birlamchi uy-joy bozorida koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni (keyingi oʻrinlarda — kvartiralar) sotib olishda.
|
|
Birlamchi uy-joy bozori (yangi qurilgan uy-joy)
|
Qurilishi tugallangan uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish toʻgʻrisida komissiya dalolatnomasi asosida mulk huquqi yuzaga kelgan hamda qabul qilib olinganiga uch yildan koʻp boʻlmagan, shuningdek, qarzdorlik evaziga bank balansiga qabul qilingan yangi qurilgan 4 qavatdan past boʻlmagan koʻp kvartirali uy-joylardagi kvartiralar. Bunda qurilishi rejalashtirilgan yerga noturar joy binolari loyihasi tasdiqlanib, keyinchalik qurilish davri mobaynida ushbu loyiha o‘zgartirilib, turar joy toifasiga o‘tkazilgan loyihalarga mazkur loyiha doirasida kredit ajratilmaydi.
|
|
Yillik foiz stavkasi
|
O‘zbekiston Respublikasi qayta moliyalashtirish stavkasi + 2.99%
|
|
Kredit summasi
|
- Qoraqalqpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — 380 mln so‘mgacha
-
Toshkent shahrida — 480 mln so‘mgacha
|
|
Dastlabki badal miqdori
|
Uy-joy qiymatining 15% dan kam bo‘lmagan miqdorda.
|
|
Garov
|
Kredit evaziga sotib olinayotgan xonadon garovga olinadi.
|
|
Muayyan qaytarish muddatlari
|
- Asosiy qarzni - har oy;
-
Hisoblangan foizlarni - har oy;
-
Kredit bo‘yicha foizlarni hisoblash kredit bo‘yicha qarzdorlikning haqiqiy qoldig‘i uchun kredit mablag‘laridan foydalangan sanadan boshlanadi.
|
|
Qarz olmoqchi bo‘lganlarga qo‘yiladigan talablar
|
- 18 yoshga to‘lgan va 60 yosh va undan kichik bo‘lgan jismoniy shaxslar;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
- Ipoteka kreditini ajratishni koʻrib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi;
- Kredit tarixida oxirgi 36 oy davomida 90 kundan ortiq muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
- Doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar, shuningdek, ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi;
- Ipoteka kreditini olish uchun birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda boshlangʻich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega boʻlishi. Bunda *Ipoteka krediti boʻyicha subsidiya ajratilganda boshlangʻich badal miqdori — boshlangʻich badal uchun subsidiyaning qatʼiy belgilangan miqdori va qarz oluvchi tomonidan uy-joy qiymatining kamida 5 foiziga teng boʻlgan miqdorda shakllantiriladi.
|
|
Kerakli hujjatlar
|
- Kredit uchun ariza;
- Qarz oluvchi tomonidan to‘ldirilgan savolnoma-anketa;
- Pasportning yoki Qarz oluvchining shaxsini va yashash joyini tasdiqlovchi boshqa hujjat asl nusxasi, undan Kredit xodimi tomonidan nusxa ko‘chiriladi;
- Chakana kreditlash front ofisi/BXM xodimi tomonidan nusxa olinadigan mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar: pasport, ID karta, harbiy guvohnoma va yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasi yashash guvohnomasining asl nusxasi;
- Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi daromadlarini tasdiqlovchi hujjatlar. Ushbu hujjatlar taqdim etilmagan holatlarda Bank tomonidan anketa so‘rovnomasi orqali va tashqi manbalarga elektron so‘rovnoma jo‘natish orqali aniqlanishi mumkin;
- Qarz oluvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs bo‘lgan taqdirda Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida matritsali shtrix kodga (QR-kod) ega bo‘lgan ma’lumotnoma.
|
|
Kredit talabnomasini topshirish joyi
|
Kreditga talabnoma berish hamda uni rasmiylashtirish bank filiallari va bo‘linmalarida amalga oshiriladi.
|
|
To‘lov grafigi
|
Annuitet yoki differensial
|
|
Kreditni ko‘rib chiqish muddati
|
Kredit talabnomasini ko‘rib chiqish muddati talabnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 3 kun. Kredit talabnomasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida 24 soat ichida mijozga xabar beriladi.
|
|
Kreditni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirishga doir qo‘shimcha to‘lovlar
|
Mavjud emas
|
|
Muddatidan oldin qaytarish
|
Qo‘shimcha vositachilik haqi va jarimalarsiz ushbu turdagi kredit bo‘yicha muddatidan oldin qaytarish nazarda tutilgan.
|
|
Asosiy qarz bo‘yicha imtiyozli davr
|
Mavjud emas
|
|
Quyidagi omillar tufayli kredit berish borasida salbiy qaror qabul qilinishi mumkin
|
- Salbiy kredit tarixi (kredit bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni o‘z vaqtida to‘lamaslik, kreditlar bo‘yicha joriy muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjudligi);
- Qarz olmoqchi bo‘lgan shaxsning beqaror daromadi yoki ularning yo‘qligi;
- Qarz olmoqchi bo‘lgan shaxs tomonidan taqdim etilgan noto‘g‘ri, ishonchsiz va noto‘liq ma'lumot.
- Kredit bo‘yicha garovning yo‘qligi.
|
|
Kredit bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish muddatlari buzilganda, muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga nisbatan foiz stavkasi muddati o‘tgan qarzdorlik paydo bo‘lgan sanadan boshlab 3 baravarga oshiriladi.
|