Ta'mir uchun ipoteka krediti

Ta'mir uchun ipoteka krediti

Ta'mir uchun ipoteka krediti

Kredit muddati

72 oygacha

Kredit maqsadi

kvartira yoki shaxsiy uy ta'mirini amalga oshirish uchun.

Yillik foiz stavkasi

29,99%

Kredit miqdori

500 BHMgacha (BHM - bazaviy hisoblash miqdori)

Boshlang'ich to'lov

mavjud emas

Taʼminot

1) Ko‘chmas mulk;

2) Bankni qanoatlantiruvchi boshqa likvid mulk.

Soʻndirish chastotasi

- asosiy qarz bo‘yicha har oy;

- hisoblangan foizlar - har oy;

- kredit bo‘yicha foizlarning hisoblanishi kredit mablag‘lari ishlatilishi boshlangan sanadan e'tiboran haqiqiy kredit qarzdorligi qoldig‘iga nisbatan hisoblanadi.

Potentsial qarz oluvchiga talablar

  • 18 yoshdan katta;

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi; fuqaroligi yo‘q shaxs yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi;

  • Doimiy daromad manbasiga ega boʻlish

  • Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish (joriy kreditlar bo‘yicha kechiktirilgan qarzdorlikning yo‘qligi, shuningdek, bank/banklar oldidagi majburiyatlarni vaqtida bajargan bo‘lish).

Kerakli hujjatlar

1. Kredit arizasi

2. O‘rtacha oylik daromadni tahlil qilish uchun mijoz tomonidan “anketa-so‘rovnoma” to‘ldiriladi. 

3. Qarz oluvchining shaxsi va yashash manzilini tasdiqlovchi pasport yoki boshqa hujjatning asl nusxasi, undan Kredit bo‘limi xodimi nusxa oladi;

4. Mustaqil baholov tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan ko‘chmas mulk baholangan hujjat.

5. Ta'minotga oid hujjatlar

Bundan tashqari, bank kreditni rasmiylashtirish uchun boshqa zaruriy hujjatlarni talab etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Kreditni taqdim etish shakli

kredit milliy valyutada (so‘m)  bank tomonidan qarz oluvchining plastik kartasiga (plastik kartadan foydalanish bo‘yicha alohida shartnoma tuzilib, unda mazkur kartadan naqd pul yechish mumkin emasligi ko‘rsatib o‘tiladi) yoki kredit mabalg‘larini tovar yetkazib beruvchining hisobraqamiga kredit mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan taqdim etiladi. Moliyalashtirilgandan keyin, qarz oluvchi kredit mablag‘larining maqsadli tasarruf etilishini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi talab etiladi.

Kredit arizasini topshirish joyi

kreditga ariza berish va kreditni rasmiylashtirish bankning filiallari va bo‘linmalarida amalga oshiriladi.

Kreditni koʻrib chiqish muddati

Kredit ariza u rasmiylashtirilgan sanadan 3 kun davomida ko‘rib chiqiladi. Kredit arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror mijozga 24 soat ichida ma'lum qilinadi.

Kreditni koʻrib chiqish va rasmiylashtirishga doir qoʻshimcha toʻlovlar

mavjud emas.

Muddatidan oldin soʻndirish

qo‘shimcha komissiya va jarimalarsiz ushbu kredit turi bo‘yicha qarzni muddatidan erta so‘ndirish nazarda tutiladi. Asosiy qarz va foizlar bo‘yicha imtiyozli davr- ko‘zda tutilmagan.

Asosiy qarz va foizlar boʻyicha imtiyozli davr

Koʻzda tutilmagan

Kredit ajratishga nisbatan salbiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar

1. Salbiy kredit tarixi (asosiy qarz va kredit foizlarini o‘z vaqtida so‘ndirmaslik, kreditlar bo‘yicha joriy kechiktirilgan qarzdorlikning mavjudligi);

2. Potensial qarz oluvchining beqaror daromadlari yoki uning yo‘qligi (kredit arizasi topshirilgan sanagacha kamida 3 oy mobaynida joriy ish joyidan doimiy daromadning mavjud emasligi);

3. Potensial qarz oluvchining noaniq, ishonchsiz, noto‘liq ma'lumot taqdim etishi;

4.  Kredit bo‘yicha ta'minotning mavjud emasligi.

Kredit ajratishga nisbatan ijobiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar

1. Ijobiy kredit tarixi (asosiy qarz va kredit foizlarini o‘z vaqtida so‘ndirganlik, joriy kechiktirilgan qarzdorlikning mavjud emasligi);

2. Potensial qarz oluvchining beqaror daromadlari yoki uning yo‘qligi (kredit arizasi topshirilgan sanagacha kamida 3 oy mobaynida joriy ish joyidan doimiy daromadning mavjudligi);

3. Potensial qarz oluvchining qanoatlantiruvchi moliyaviy ahvoli;

4. Kreditni qoplashga yetarli miqdor va hajmda ta'minotning mavjudligi (kredit miqdoridan kamida 135%).

Kredit boʻyicha asosiy qarzni toʻlashga oid muddatlarga rioya qilingmagan taqdirda, oʻz vaqtida toʻlanmagan qarzga nisbatan foiz stavkasi kechiktirilgan qarzdorlik paydo boʻlgan sanadan boshlab 1,5 baravarga ortadi.

Diqqat! Kreditning foiz miqdori nominal foiz stavkasi asosida hisoblanadi. kreditning toʻliq miqdori esa foizlar va boshqa turdagi toʻlovlar oʻrnatilgan muddatlarda va butun miqdorda toʻlangan holatda siz uchun qanchaga aylanishini koʻrsatadi.

Kreditning toʻliq miqdorini qaytarish tartibi bilan “kreditlar” boʻlimida tanishib chiqishingiz mumkin.

Diqqat! Mazkur kreditning nominal foiz stavkasi oʻzgartirilishi mumkin. bunday holat yuz bergan taqdirda, oʻzgarishlar qarz oluvchi bilan kelishiladi.

Kredit toʻliq qiymatini hisoblash

500 000

16 000 000

Qoʻshimcha harajatlar


Kredit turi
Kredit miqdori
Kredit muddati
Yillik foiz ustamasi
Garovni rasmiylashtirish, sugʻurta va kreditni rasmiylashtirish jarayonlariga oid boshqa harajatlar
Kredit ajratilishining taxminiy sanasi
Kreditning toʻliq qiymati

Oy Аsosiy qarz boʻyicha qarzdorlik qoldigʻi, soʻm Аsosiy qarzni soʻndirish miqdori, soʻm Foizlar miqdori, soʻm Jami soʻndirish miqdori, soʻm
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.