O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun mikroqarz

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun mikroqarz

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun mikroqarz

Kredit muddati 9 oydan 36 oygacha
Kreditning maqsadi Mikroqarzlar O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN ShAXSLARga O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida istalgan maqsadda, bank tomonidan qarz oluvchining (mijozning) “InfinBANK” AKda ochilgan plastik kartalariga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan, yoki mikroqarz summasini "InfinBANK" AJda ochilgan qarz oluvchining talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish yo‘li bilan taqdim etiladi.
Yillik foiz stavkasi 9 oygacha - 26,99%
9 oydan 12 oygacha - 27,99%
12 oydan 18 oygacha - 28,99%
18 oydan 24 oygacha - 29,99%
24 oydan 36 oygacha - 32,99%
Kredit summasi 100 mln. so‘mgacha
Garov Likvid mulk garovi
Kreditni qaytarmaslik xavfidan sug‘urta polisi
To‘lov qobiliyatiga ega uchinchi shaxsning kafilligi
Bankni qoniqtiradigan garovning boshqa turlari
Muayyan qaytarish muddatlari Asosiy qarzni - har oy
Hisoblangan foizlarni - har oy
Kredit bo‘yicha foizlarni hisoblash kredit bo‘yicha qarzdorlikning haqiqiy qoldig‘i uchun kredit mablag‘laridan foydalangan sanadan boshlanadi
Qarz olmoqchi bo‘lganlarga qo‘yiladigan talablar Yoshi - 18 yoshdan boshlab;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi; O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi yo‘q shaxs yoki xorij fuqarosi;
Doimiy daromad manbasiga ega boʻlish;
Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish (joriy kreditlar bo‘yicha to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikning, shuningdek, bank/banklar oldidagi majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaslik holatlarining yo‘qligi).
Kerakli hujjatlar 1. Kredit uchun ariza
2. Qarz oluvchi tomonidan to‘ldirilgan savolnoma-anketa
3. Pasportning yoki Qarz oluvchining shaxsini va yashash joyini tasdiqlovchi boshqa hujjat asl nusxasi, undan Kredit xodimi tomonidan nusxa ko‘chiriladi;
4. Mijozning o‘zini o‘zi band qilganligini tasdiqlovchi hujjat
5. Garov bo‘yicha hujjatlar.
Shu bilan birga, bank kreditni rasmiylashtirishda boshqa kerakli hujjatlarni talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Kredit berish shakli Milliy valyutada (so‘mda) naqd pulsiz shaklda, bank tomonidan qarz oluvchining (mijozning) “InfinBANK” AKda ochilgan plastik kartalariga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan yoki mikroqarzni qarz oluvchining talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish yo‘li bilan beriladi.
Kredit talabnomasini topshirish joyi Kreditga talabnoma berish va uni rasmiylashtirish bank filiallari va bo‘linmalarida amalga oshiriladi.
Kreditni ko‘rib chiqish muddati Kredit talabnomasini ko‘rib chiqish muddati talabnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 3 kun.  Kredit talabnomasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida 24 soat ichida mijozga xabar beriladi.
Kreditni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirishga doir qo‘shimcha to‘lovlar Yo‘q
Muddatidan oldin qaytarish Qo‘shimcha vositachilik haqi va jarimalarsiz ushbu turdagi kredit bo‘yicha muddatidan oldin qaytarish nazarda tutilgan.
Asosiy qarz bo‘yicha imtiyozli davr 3 oy
Quyidagi omillar tufayli kredit berish borasida salbiy qaror qabul qilinishi mumkin 1. Salbiy kredit tarixi (kredit bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni o‘z vaqtida to‘lamaslik, kreditlar bo‘yicha joriy muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjudligi);
2. Qarz olmoqchi bo‘lgan shaxsning beqaror daromadi yoki ularning yo‘qligi
3. Qarz olmoqchi bo‘lgan shaxs tomonidan taqdim etilgan noto‘g‘ri, ishonchsiz va noto‘liq ma'lumot.
4. Kredit bo‘yicha garovning yo‘qligi.
Quyidagi omillar kredit berish borasida ijobiy qaror qabul qilishga ta'sir qilishi mumkin 1. Ijobiy kredit tarixi (kreditlar va foizlarni o‘z vaqtida to‘lash, kreditlar bo‘yicha muddati o‘tib ketgan joriy qarzdorlikning yo‘qligi).
2. Qarz olmoqchi bo‘lgan shaxsning barqaror daromadlari
3. Qarz olmoqchi bo‘lgan shaxsning qoniqarli moliyaviy ahvoli
4. Kreditni qoplashga yetadigan miqdor va hajmdagi garovning mavjudligi
Kredit bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish muddatlari buzilganda, muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga nisbatan foiz stavkasi muddati o‘tgan qarzdorlik paydo bo‘lgan sanadan boshlab 1,5 baravarga oshiriladi.
Diqqat! Kreditning foiz miqdori nominal foiz stavkasi asosida hisoblanadi.  Kreditning to‘liq qiymati esa jami foizlar va boshqa turdagi to‘lovlar belgilangan muddatlarda va belgilangan miqdorda to‘langan taqdirda siz uchun qanchaga tushishini ko‘rsatadi. Kreditning to‘liq qiymatini hisoblash tartibi bilan “kreditlar” bo‘limida tanishish mumkin.
Diqqat! Mazkur kreditning nominal foiz stavkasi o‘zgartirilishi mumkin.  Bunda, mazkur o‘zgartish qarz oluvchi bilan kelishiladi!

Kredit toʻliq qiymatini hisoblash

500 000

16 000 000

Qoʻshimcha harajatlar


Kredit turi
Kredit miqdori
Kredit muddati
Yillik foiz ustamasi
Garovni rasmiylashtirish, sugʻurta va kreditni rasmiylashtirish jarayonlariga oid boshqa harajatlar
Kredit ajratilishining taxminiy sanasi
Kreditning toʻliq qiymati
Boshlangʻich toʻlov

Oy Аsosiy qarz boʻyicha qarzdorlik qoldigʻi, soʻm Аsosiy qarzni soʻndirish miqdori, soʻm Foizlar miqdori, soʻm Jami soʻndirish miqdori, soʻm
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.