Isteʼmol krediti

Isteʼmol krediti

Isteʼmol krediti

Kredit muddati

18 oy

Kredit maqsadi

Jismoniy shaxsga (isteʼmolchiga) uning isteʼmol ehtiyojlarini qandirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlar (ish, xizmatlarni) sotib olish uchun beriladigan kredit turi.

Yillik foiz stavkasi

37,99%

Kredit miqdori

100 BHMgacha (BHM - bazaviy hisoblash miqdori)

Taʼminot

1) jismoniy yoki yuridik shaxs kafilligi;

2) kreditni qaytarmaslik xatariga oid sugʻurtalash polisi;

3) Bankni qoniqtiradigan boshqa likvid mulk garovi;

Taʼminotning umumiy miqdori kredit miqdoridan 125%dan kam boʻlmasligi kerak.

Soʻndirish chastotasi

Asosiy qarzni - har oy.

Hisoblangan foizlarni - har oy.

Kredit boʻyicha foizlarni hisoblash kredit mablagʻlari ishlatilgan sanadan boshlanadi.

Potentsial qarz oluvchiga talablar

  • Yosh 18 yosh va 18 yoshdan yuqori;

  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi; Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi yoʻq shaxs yoki xorij fuqarosi;

  • Kredit uchun ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 6 oy davomida mehnat stajiga ega boʻlish;

  • Ijobiy kredit tarixiga ega boʻlish (agar joriy kreditlar mavjud boʻlsa, ular boʻyicha toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarning boʻlmasligi, shuningdek, bank/banklar oldida oʻz vaqtida bajarilmagan majburiyatlar tarixidan xoli boʻlish).

Kerakli hujjatlar

1) Kredit uchun ariza.

2) Oylik maoshga tegishli plastik karta va u boʻyicha eng kamida 3 oylik davr uchun aylanmalarning mavjud boʻlishi. Bunda aylanmalar barcha kreditlarni (shu jumladan yana olinayotgan kreditni) qoplaydigan miqdorda yetarli boʻlishi talab etiladi.

3) Kredit boʻlimi xodimi tomonidan nusxa olinadigan pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatning asl nusxasi hamda qarz oluvchining yashash manzili.

4) Tovarni xarid qilishga yoki koʻrsatiladigan xizmatga doir hisob-shartnoma.

5) Taʼminot boʻyicha hujjatlar.

Kreditni ajratish shakli

Isteʼmol krediti milliy valyutada (soʻm) kredit mablagʻlarini sotuvchi hisobiga oʻtkazish yoʻli bilan naqdsiz shaklda taqdim etiladi.

Kredit arizasini topshirish joyi

Kredit arizasi va kreditni rasmiylashtirish ishlari bankning filiallari va boʻlinmalarida amalga oshiriladi.

Kreditni koʻrib chiqish muddati

Kredit arizasini koʻrib chiqish muddati ariza rasmiylashtirilgan kundan boshlab 3 kunni tashkil qiladi. Kredit arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida 24 soat ichida mijozga xabar beriladi.

Avans toʻlovi

Koʻzda tutilmagan

Kreditni koʻrib chiqish va rasmiylashtirishga doir qoʻshimcha toʻlovlar

Mavjud emas 

Muddatidan oldin soʻndirish

Koʻshimcha komissiya va jarimalarsiz ushbu turdagi kredit boʻyicha qarzni muddatidan oldin soʻndirish koʻzda tutiladi.

Asosiy qarz va foizlar boʻyicha imtiyozli davr

Koʻzda tutilmagan

Kredit ajratishga nisbatan salbiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar

1. Salbiy kredit tarixi (kreditga doir asosiy qarz va foizlarni oʻz vaqtida soʻndirmaslik, kredit boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjudligi);

2. Potentsial qarz oluvchining barqaror boʻlmagan daromadlari yoki ularning yoʻqligi (kreditga ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 3 oy davomida doimiy daromadlarning mavjud emasligi);            

3. Pontentsial qarz oluvchi taqdim etgan notoʻgʻri, noxolis va notoʻliq maʼlumot;

4. Kredit boʻyicha taʼminotning yoʻqligi.

Kredit ajratishga nisbatan ijobiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar

1. Ijobiy kredit tarixi (kreditlar va foizlarni oʻz vaqtida soʻndirish, kredit boʻyicha muddati oʻtib ketgan joriy qarzdorlikning yoʻqligi);

2. Potentsial qarz oluvchining barqaror daromadlari (kreditga ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 3 oy davomida);

3. Potentsial qarz oluvchining qanoatlantiruvchi moliyaviy ahvoli;

4. Kreditni qoplashga yetadigan miqdorda va hajmda taʼminotning mavjudligi (kredit miqdoridan 125%dan kam boʻlmagan miqdorda).

Kredit boʻyicha asosiy qarzni toʻlashga oid muddatlarga rioya qilingmagan taqdirda, oʻz vaqtida toʻlanmagan qarzga nisbatan foiz stavkasi kechiktirilgan qarzdorlik paydo boʻlgan sanadan boshlab 1,5 baravarga ortadi.

Diqqat! Kreditning foiz miqdori nominal foiz stavkasi asosida hisoblanadi. kreditning toʻliq miqdori esa foizlar va boshqa turdagi toʻlovlar oʻrnatilgan muddatlarda va butun miqdorda toʻlangan holatda siz uchun qanchaga aylanishini koʻrsatadi.

Kreditning toʻliq miqdorini qaytarish tartibi bilan “kreditlar” boʻlimida tanishib chiqishingiz mumkin.

Diqqat! Mazkur kreditning nominal foiz stavkasi oʻzgartirilishi mumkin. bunday holat yuz bergan taqdirda, oʻzgarishlar qarz oluvchi bilan kelishiladi.

Кредит тўлиқ қийматини ҳисоблаш

500 000

16 000 000

Қўшимча ҳаражатлар


Кредит тури
Кредит миқдори
Кредит муддати
Йиллик фоиз устамаси
Гаровни расмийлаштириш, суғурта ва кредитни расмийлаштириш жараёнларига оид бошқа ҳаражатлар
Кредит ажратилишининг тахминий санаси
Кредитнинг тўлиқ қиймати

Ой Асосий қарз бўйича қарздорлик қолдиғи, сўм Асосий қарзни сўндириш миқдори, сўм Фоизлар миқдори, сўм Жами сўндириш миқдори, сўм
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.