Yangi Xonadon 2

Yangi Xonadon 2

Yangi Xonadon 2

Kredit muddati

240 (Ikki yuz qirq) oygacha

Kredit maqsadi

Bank hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratish

Yillik foiz stavkasi

Rasmiy ish haqiga ega mijozlarga

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan qayta moliyalashtiriladigan qismi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning asosiy stavkasi + 2.5% belgilanadi; 

  2. Bank mablag‘lari hisobidan beriladigan qismi bo‘yicha qat’iy belgilangan stavkada APBQ qaroriga ko‘ra 20% belgilanadi.

O‘zini o‘zi band qilgan mijozlarga

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan qayta moliyalashtiriladigan qismi bo‘yicha APBQ qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning asosiy stavkasi + 2.5% belgilanadi; 

  2. Bank mablag‘lari hisobidan beriladigan qismi bo‘yicha qat’iy belgilangan stavkada APBQ qaroriga ko‘ra 21% belgilanadi.

Kredit miqdori

Oldi-sotdi shartnomasi va boshlang‘ich to‘lov miqdoridan kelib chiqqan holda 1 500 000 000 so‘mgacha

Moliyalashtirish uslubi

Kredit ikki qismga bo‘lib moliyalashtiriladi: 

  1. Birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan qoplanishi (qayta moliyalashtirilishi) ko‘zda tutilgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardan uy-joy sotib olish uchun 330 000 000 (uch yuz o‘ttiz million) so‘m, Toshkent shahridan uy-joy sotib olish uchun 420 000 000 (to‘rt yuz yigirma million) so‘mdan oshmagan miqdorda bank resurslari hisobidan moliyalashtiriladi. 

  2. Ikkinchi (qolgan) qismi to‘liq muddatga bank resurslari hisobidan moliyalashtiriladi.

Taʼminot

Kredit evaziga sotib olinayotgan xonadon

Soʻndirish davriyligi

  • Har oy

Birlamchi toʻlov

  1. Loyihaning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan qayta moliyalashtirilashtirish ko‘zda tutilgan holda kredit ajratiladigan qismi uchun 15% dan kam bo‘lmagan (rasmiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan mijozlar uchun 20% dan kam bo‘lmagan) miqdorda. 

  2. Loyihaning Bank mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilashtirish ko‘zda tutilgan holda kredit ajratiladigan qismi uchun 20% dan kam bo‘lmagan miqdorda.

Potensial qarz oluvchiga talablar

  1. 18 yoshga to‘lgan va 60 yosh va undan kichik bo‘lgan jismoniy shaxslar;

  2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;

  3. Ipoteka kreditini ajratishni koʻrib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʻyicha joriy muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi;

  4. Kredit tarixida oxirgi 12 oy davomida 90 kundan ortiq muddati o‘tkazib yuborilgan 1 000 000 so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;

  5. Doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar (2026-yilda oxirgi bir yillik, 2027-yilda oxirgi ikki yillik va 2028-yildan boshlab oxirgi uch yillik davr ichida ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliqni toʻliq toʻlagan), shuningdek, ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi;

  6. Ipoteka kreditini olish uchun birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda (loyihaning bank mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qismi uchun 20% dan kam bo‘lmagan miqdorda) boshlangʻich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega boʻlishi. Bunda ipoteka krediti boʻyicha subsidiya ajratilganda boshlangʻich badal miqdori — boshlangʻich badal uchun subsidiyaning qatʼiy belgilangan miqdori va qarz oluvchi tomonidan uy-joy qiymatining kamida 5 foiziga teng boʻlgan miqdorda shakllantiriladi;

  7. Sotib olinadigan kvartiraning qiymati boshlangʻich badal va ipoteka kreditining eng koʻp miqdori summasidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismini shakllantirish (toʻlash) imkoniyatiga ega boʻlishi.

  8. Qarz oluvchi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditidan 2024-yil 1-maydan so‘ng foydalangan bo‘lsa mazkur ipoteka kreditidan qayta foydalanish huquqiga ega emas.

Kerakli hujjatlar

  1. Ushbu hujjatning 1-ilovasiga muvofiq kredit uchun ariza (Bank xodimi bilan birgalikda to‘ldiriladi);

  2. Ushbu hujjatning 2-ilovasiga muvofiq anketa so‘rovnomasi (Bank xodimi bilan birgalikda to‘ldiriladi);

  3. Chakana kreditlash front ofisi/BXM xodimi tomonidan nusxa olinadigan mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar: pasport, ID karta, harbiy guvohnoma va yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;

  4. Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi daromadlarini tasdiqlovchi hujjatlar. Ushbu hujjatlar taqdim etilmagan holatlarda Bank tomonidan anketa so‘rovnomasi orqali va tashqi manbalarga elektron so‘rovnoma jo‘natish orqali aniqlanishi mumkin;

  5. Qarz oluvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs bo‘lgan taqdirda Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida matritsali shtrix kodga (QR-kod) ega bo‘lgan ma’lumotnoma;

  6. Xonadonning oldi-sotdi shartnomasi;

  7. Subsidiya xabarnomasiga ega boʻlganda, mazkur xabarnoma.

Kredit arizasini topshirish joyi

Kredit arizasi va kreditni rasmiylashtirish ishlari bankning filiallari va boʻlinmalarida amalga oshiriladi.

Kreditni koʻrib chiqish muddati

Kredit arizasini koʻrib chiqish muddati ariza rasmiylashtirilgan kundan boshlab 3 kunni tashkil qiladi. Kredit arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida 24 soat ichida mijozga xabar beriladi.

Kreditni koʻrib chiqish va rasmiylashtirishga doir qoʻshimcha toʻlovlar

Notarius to‘lovlari.

Muddatidan oldin soʻndirish

Qoʻshimcha komissiya va jarimalarsiz ushbu turdagi kredit boʻyicha qarzni muddatidan oldin soʻndirish koʻzda tutiladi.

Asosiy qarz va foizlar boʻyicha imtiyozli davr

  • Mavjud emas

Kredit toʻliq qiymatini hisoblash

500 000

16 000 000

Qoʻshimcha harajatlar


Kredit turi
Kredit miqdori
Kredit muddati
Yillik foiz ustamasi
Garovni rasmiylashtirish, sugʻurta va kreditni rasmiylashtirish jarayonlariga oid boshqa harajatlar
Kredit ajratilishining taxminiy sanasi
Kreditning toʻliq qiymati
Boshlangʻich toʻlov

Oy Аsosiy qarz boʻyicha qarzdorlik qoldigʻi, soʻm Аsosiy qarzni soʻndirish miqdori, soʻm Foizlar miqdori, soʻm Jami soʻndirish miqdori, soʻm
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.