Mikromoliya va lizing tashkilotlari uchun kreditlar

Mikromoliya va lizing tashkilotlari uchun kreditlar

Mikromoliya va lizing tashkilotlari uchun kreditlar

Kreditlash shakli:

1) Kredit shartnomasini (KSh) bir marotaba tuzish orqali, bunda:

  • kredit liniyasini ochmasdan (bir martalik ajratma yoki o‘tkazmalar shaklida);
  • qayta tiklanuvchi kredit liniyasini ochgan holda;

2) Ramkali kredit liniyasini (RKL) ochish orqali, uning doirasida ikki yoki undan ortiq individual kredit shartnomalari (IKSh) tuzilishi mumkin, bunda:

  • kredit liniyasini ochmasdan (bir martalik ajratma shaklida);

Kreditlash muddati:

RKL bo‘yicha maksimal muddat: 36 oygacha;

KSh/IKSh doirasidagi maksimal muddat: 36 oygacha.

Asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha imtiyozli davr: 3 oygacha.

Kredit maqsadi:

  • mikromoliya tashkilotlari (MT) uchun: mijozlarni keyinchalik kreditlash maqsadida kreditlar ajratish, shuningdek o‘z ehtiyojlari uchun aktivlar sotib olish;
  • lizing tashkilotlari (LT) uchun: lizing/arenda obyektlarini, shuningdek o‘z ehtiyojlari uchun aktivlarni sotib olish maqsadida kreditlar ajratish.

Kreditlash usuli:

  • mikromoliya tashkilotlari (MT) uchun: kredit mablag‘lari qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va MT mijozlarini moliyalashtirish uchun, shuningdek taqdim etilgan oldi-sotdi shartnomalariga (jumladan, import shartnomalariga) muvofiq ravishda MTning ssuda hisobvarag‘idan yetkazib beruvchilarning joriy hisoblariga naqd pulsiz yo‘l bilan o‘tkaziladi.
  • lizing tashkilotlari (LT) uchun: lizing/arenda obyektlarini yetkazib beruvchilarning joriy hisoblariga LTning ssuda hisobvarag‘idan taqdim etilgan oldi-sotdi shartnomalariga (jumladan, import shartnomalariga) muvofiq ravishda naqd pulsiz yo‘l bilan o‘tkaziladi.

Kredit valyutasi:

  • O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi — so‘m.
  • Chet el valyutasi.

Foiz stavkasi: 26% dan – milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha

                         12,99% dan – xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha

Kreditning minimal miqdori: belgilanmagan.

Kreditning maksimal miqdori: belgilanmagan, mijozning kreditga layoqatliligidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining iqtisodiy me’yorlari doirasida individual tarzda hisoblanadi.

Kreditni so‘ndirish tartibi: oyma-oy, annuitet yoki differensial to‘lovlar shaklida

Qabul qilinadigan ta’minot turlari:

  • «InFinBank» AJda ochilgan hisoblarda joylashgan erkin konvertatsiya qilinadigan va milliy valyutadagi pul mablag‘lari garovi;
  • banklar va sug‘urta kompaniyalari kafolatlari;
  • ko‘chma va ko‘chmas mulk garovi;
  • mulkiy huquq (talab huquqi) garovi;
  • davlat qimmatli qog‘ozlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qimmatli qog‘ozlari, amaldagi qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa qimmatli qog‘ozlar hamda ustav fondlaridagi ulushlar garovi;
  • to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligi tekshirilgan uchinchi shaxslarning kafilligi;
  • moliyaviy jihatdan barqaror sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta polis(lar)i;
  • amaldagi qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa ta’minot turlari.

Kredit oluvchi va uning faoliyatiga qo‘yiladigan majburiy talablar:

  • Kredit oluvchining tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganiga kamida 12 oy bo‘lgan bo‘lishi;
  • “InFinBank” AJda talab qilib olinadigan (asosiy yoki qo‘shimcha) depozit hisobvarag‘ining mavjudligi;
  • Salbiy kredit tarixining yo‘qligi;
  • qarz oluvchining joriy va prognoz qilinayotgan pul oqimlari kreditni o‘z vaqtida qaytarish uchun yetarli bo‘lishi;
  • qarz oluvchining balansi likvid bo‘lishi va faoliyati zarar keltirmasligi;
  • tegishli ruxsatnomalar va litsenziyalarning mavjud bo‘lishi;
  • qarz oluvchi (mikromoliya tashkilotlari uchun) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining prudensial me’yorlariga muvofiq 2023 yil 11 yanvardagi 3412-son “Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risida”gi Nizom talablariga javob berishi;
  • qarz oluvchining kredit (lizing) portfelidagi muammoli aktivlar (NPL) ulushi 5% dan oshmasligi;
  • mikromoliya tashkilotlari uchun kapital yetarliligi koeffitsienti (lizing tashkilotlari uchun – avtonomlik koeffitsienti) yangi olinayotgan kreditni hisobga olgan holda kamida 25% bo‘lishi;
  • Bankning mahalliy normativ hujjatlarida belgilangan qarz oluvchiga qo‘yiladigan boshqa talablar.

Moliyalashtirishni ochish tartibi: Moliyalashtirish, ta’minot amaldagi qonunchilik va Bankning ichki hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hamda garov obyektining sug‘urtasi taqdim etilgandan so‘ng ochiladi.

Kredit oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

  • Kredit shartlari va ta’minotini to‘liq tavsiflovchi kredit arizasi;
  • Qarz oluvchining davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • Кorxonaning ustavi va ta’sis hujjatlarining barcha o‘zgartirishlar bilan birga nusxalari;
  • Qarz oluvchi nomidan kredit shartnomasini imzolash huquqiga ega shaxsning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi, agar shaxs vakil bo‘lsa, imzo namunalarini ham o‘z ichiga olgan holda;
  • Loyiha bo‘yicha texnik-iqtisodiy asos (TIA) yoki biznes-reja;
  • Qarz oluvchining vakolatli organi tomonidan kreditni zarur miqdorda va tegishli shartlarda olish hamda ta’minot taqdim etish to‘g‘risidagi qaror;
  • Agar qarz oluvchining boshqa banklarda hisobvaraqlari mavjud bo‘lsa — xizmat ko‘rsatuvchi banklardan qarz oluvchining kreditlar, lizing, akkreditivlar va boshqa majburiyatlar bo‘yicha qarzi mavjudligi/mavjud emasligi haqida ma’lumotnomalar, shuningdek so‘nggi 12 oy uchun aylanmalar to‘g‘risidagi ma’lumot (xizmat ko‘rsatuvchi bank xati va elektron tafsilot shaklida);
  • So‘ralayotgan kredit hisobidan to‘lanadigan shartnomalar, zarurat tug‘ilganda ularga yuridik xulosa ilova qilinadi;
  • Taqdim etilayotgan ta’minotga oid hujjatlar — «InFinBank» AJ korporativ kreditlash bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan kredit operatsiyalari bo‘yicha ta’minotni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (PSK-194) talablariga muvofiq.

Mikromoliya tashkilotlari uchun alohida:

So‘nggi moliyaviy yil uchun hamda joriy oyning birinchi sanasiga tuzilgan moliyaviy va boshqa hisobotlar, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023 yil 11 yanvardagi 3412-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan shaklda, jumladan: Balans hisobotlari (4-ilova); Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (5-ilova); Kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobot (6-ilova); Ko‘rsatilgan mikromoliya xizmatlari portfeli (7 va 8-ilovalar); Qimmatli qog‘ozlar va investitsiyalar portfeli (9-ilova); Jalb qilingan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumot (10-ilova); Berilgan kafolatlar va kafilliklar to‘g‘risidagi ma’lumot (11-ilova); Prudensial me’yorlarga rioya etilishi to‘g‘risidagi ma’lumot (12-ilova).

Lizing tashkilotlari uchun alohida:

So‘nggi moliyaviy yil uchun hamda joriy oyning birinchi sanasiga tuzilgan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2003 yil 24 yanvardagi 1209-son bilan tasdiqlangan shaklda), asosiy vositalar, debitorlik va kreditorlik qarzlarining tafsiloti, shuningdek quyida keltirilgan shakl bo‘yicha joriy oyning birinchi sanasiga tuzilgan lizing portfeli.

Shartnoma
Shartnoma

pdf(241 Kb)

Ariza
Ariza

pdf(66 Kb)

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.