|
Kreditlash shakli: Kredit liniyasi ochilmasdan (bir martalik berish yoki transhlar bilan ajratish)
|
|
Kredit maqsadi: Tadbirkorlik faoliyatini olib boruvchi korporativ mijozlarga investitsiya faoliyati bilan bog‘liq bino va inshootlar, asbob-uskunalar, maxsus texnika, avtotransport vositalari, uzoq muddatli moddiy va nomoddiy aktivlarni sotib olish maqsadida kreditlar taqdim etish
|
|
Kreditlash usuli: Mijozning ssuda hisobraqamidan yetkazuvchilarning joriy hisobraqamlariga yoki plastik kartochkalariga pul mablag‘larini naqd pulsiz o‘tkazish, taqdim etilgan oldi-sotdi shartnomalari, shu jumladan import kontraktlariga muvofiq amalga oshiriladi.
|
|
Kredit muddati:
|
|
Asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha imtiyozli muddat o‘rnatish imkoniyati: 12 oygacha.
|
|
Kredit valyutasi:
|
|
Foiz stavkasi:
-
23,99% dan boshlab – milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha
-
12,99% dan boshlab – chet el valyutadagi kreditlar bo‘yicha
|
|
Kreditning minimal summasi: belgilanmagan.
|
|
Kreditning maksimal summasi: belgilanmagan, O‘zR Markaziy bankining iqtisodiy me’yorlari doirasida mijozning to‘lovga qobiliyatini hisobga olgan holda yakka tartibda hisoblanadi.
|
|
Kreditni so‘ndirish: har oylik, annuitet yoki tabaqalashtirilgan to‘lovlar bilan.
|
|
Muvofiq ta’minot turlari:
-
"InFinBank" AJda ochilgan hisobraqamlardagi erkin ayirboshlanadigan va milliy valyuta ko‘rinishidagi pul mablag‘larining garovi;
-
bank va sug‘urta kompaniyalarining kafolatlari;
-
ko‘char va ko‘chmas mulk garovi;
-
mulkiy huquq (talab) garovi;
-
davlat qimmatli qog‘ozlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qimmatli qog‘ozlari garovi, amaldagi qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa qimmatli qog‘ozlar garovi hamda ustav fondlaridagi ulushlar;
-
kredit mablag‘lari hisobiga quriladigan obyektlar;
-
to‘lov qobiliyati va moliyaviy ishonchliligi tekshirilgan uchinchi shaxslarning kafilligi;
-
moliyaviy barqaror sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta polislari;
-
amaldagi qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa ta’minot turlari.
|
|
Ta’minlanganlik foizi:
-
Kredit summasining kamida 125 foizi.
-
Qarz oluvchi bank bilan bog‘liq bo‘lgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda.
|
|
Qarz oluvchilarga qo‘yiladigan majburiy talablar:
-
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari;
-
"InFinBank" ATBda talab qilib olinguncha depozit hisobraqami (asosiy yoki ikkilamchi) mavjud bo‘lishi;
-
Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi/Kafilning salbiy kredit tarixi bo‘lmasligi;
-
Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi/Kafilning joriy pul oqimlari kreditni o‘z vaqtida to‘lash uchun yetarli bo‘lishi;
-
Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi/Kafil likvid balansga ega bo‘lishi va faoliyati zarar keltirmasligi;
-
Agar Qarz oluvchining faoliyati litsenziyalashni talab etsa, amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha tegishli ruxsatnoma va litsenziyalarning mavjud bo‘lishi;
-
Potensial Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi/Kafilga qo‘yiladigan boshqa talablar, ta’minot va kredit olish shartlari Bankning Kredit siyosati hamda tegishli ichki me’yoriy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
|
|
Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:
-
Kreditlash va kredit ta’minoti shartlarining batafsil tavsifi ko‘rsatilgan kredit arizasi;
-
Qarz oluvchining davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
-
Korxona ustavi va ta’sis hujjatlarining barcha o‘zgartirishlar bilan nusxasi;
-
Agar shaxs qarz oluvchining vakili bo‘lsa, uning qarz oluvchi nomidan kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi, imzo namunalari bilan birga.
-
So‘nggi moliyaviy yil va joriy oyning birinchi sanasi uchun buxgalteriya balansi hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot ko‘rinishidagi moliyaviy hisobot, asosiy vositalar, debitorlik va kreditorlik qarzlarining tafsilotlari.
-
Loyiha bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) yoki biznes-reja;
-
Qarz oluvchining vakolatli organi tomonidan belgilangan shartlarda zarur kredit miqdorini jalb etish va kredit bo‘yicha ta’minot taqdim etish to‘g‘risidagi qarori;
-
Qarz oluvchining boshqa banklarda hisobraqamlari mavjud bo‘lganda, xizmat ko‘rsatuvchi banklarning qarz oluvchida kreditlar, lizing, akkreditivlar va boshqa majburiyatlar bo‘yicha qarzlar mavjudligi yoki yo‘qligi haqidagi ma’lumotnomasi, shuningdek so‘nggi 12 oydagi aylanmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar xizmat ko‘rsatuvchi bankning xati ko‘rinishida va elektron shakldagi tafsilotlari bilan;
-
So‘ralgan kredit doirasida to‘lanishi ko‘zda tutilgan shartnomalar hamda ularga tegishli huquqiy xulosalar
-
Biznes-rejaga muvofiq mahsulotni sotish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar va niyat bayonnomalari;
-
Qarz oluvchining faoliyat turi bo‘yicha talab etilgan taqdirda, litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar;
-
"InFinBank" ATBning korporativ kreditlash bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan kredit operatsiyalari bo‘yicha ta’minot predmetini qabul qilish va baholash tartibi"ga muvofiq taqdim etilgan ta’minot hujjatlari
-
Loyihaning xususiyatidan kelib chiqib, qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.
|
|
Jalb etilgan mablag‘lar hisobidan ushbu mahsulot doirasida kredit berish shartlari jalb etilgan liniyalar shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
|