Naqd puldagi kredit

Naqd puldagi kredit

Naqd puldagi kredit

Kreditlash shakli: Kredit liniyasi ochilmasdan (bir martalik berish)

Kredit maqsadi: Tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan korporativ mijozlarga, keyinchalik mablag‘larning maqsadli ishlatilishini tekshirmagan holda biznesni rivojlantirish maqsadida naqd pul shaklida kreditlar berish

Kreditlash usuli: Filial kassasidan naqd pul mablag‘larini berish

Kredit muddati: 60 oygacha

Asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha imtiyozli muddat o‘rnatish imkoniyati: 6 oygacha.

Kredit valyutasi: O‘zR milliy valyutasi – so‘m.

Foiz stavkasi: Yillik 25% 

Kreditning minimal summasi: belgilanmagan.

Kreditning maksimal summasi: 3 000 000 000,00 (uch milliard) so‘mgacha

Kreditni so‘ndirish: har oylik, annuitet yoki tabaqalashtirilgan to‘lovlar bilan.

Muvofiq ta’minot turlari:

  • "InFinBank" AJda ochilgan hisobraqamlardagi erkin ayirboshlanadigan va milliy valyuta ko‘rinishidagi pul mablag‘larini garovga qo‘yish;

  • ko‘char va ko‘chmas mulk garovi;

  • amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa likvidli ta’minot turlari.

Ta’minlanganlik foizi: Kredit summasining kamida 125%.

Qarz oluvchilarga qo‘yiladigan majburiy talablar:

  • Davlat ro‘yxatidan o‘tgan muddat kamida 6 oy bo‘lishi;

  • "InFinBank" AJda talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobraqami mavjud bo‘lishi;

  • Faoliyat yuritayotgan va daromad keltiruvchi biznesga ega bo‘lish;

  • Salbiy kredit tarixi bo‘lmasligi;

  • Potensial qarz oluvchiga qo‘yiladigan boshqa talablar, ta’minot va kredit olish shartlari Bankning Kredit siyosati hamda tegishli ichki me’yoriy hujjatlari asosida tartibga solinadi.

Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

  • Kredit berish va kredit ta’minoti barcha shartlari batafsil bayon etilgan kredit arizasi;

  • Qarz oluvchining davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

  • Korxona ustavi va ta’sis hujjatlarining barcha o‘zgartirishlar kiritilgan nusxasi;

  • Agar shaxs qarz oluvchining vakili bo‘lsa, uning qarz oluvchi nomidan kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi hamda imzo namunalari;

  • Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchining vakolatli organi tomonidan belgilangan shartlarda zarur kredit mablag‘ini jalb etish va kredit bo‘yicha ta’minot taqdim etish to‘g‘risidagi qarori;

  • "InFinBank" AJning korporativ kreditlash bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan kredit operatsiyalari bo‘yicha ta’minot predmetini qabul qilish va baholash tartibi"ga muvofiq taqdim etiladigan ta’minot hujjatlari

Jalb etilgan mablag‘lar hisobidan ushbu mahsulot doirasida kredit berish shartlari jalb etilgan liniyalar shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Shartnoma
Shartnoma

pdf(640 Kb)

Ariza
Ariza

pdf(346 Kb)

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.