|
Kreditlash shakli:
|
|
Kredit maqsadi: Tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi korporativ mijozlarga, tovar-moddiy boyliklarni sotib olish va xizmatlarga haq to‘lash, shuningdek tashkilotlarning uzluksiz faoliyati bilan bog‘liq boshqa xaridlar va xarajatlarni moliyalashtirish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadida kreditlar berish.
|
|
Kreditlash usuli: Mijozning ssuda hisobraqamidan yetkazib beruvchilarning joriy hisobraqamlariga yoki plastik kartochkalariga taqdim etilgan oldi-sotdi shartnomalari, shu jumladan import shartnomalariga muvofiq naqd pulsiz pul mablag‘larini o‘tkazish.
|
|
Kredit muddati: 60 oygacha
|
|
Asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha imtiyozli muddat o‘rnatish imkoniyati: 6 oygacha.
|
|
Kredit valyutasi:
|
|
Foiz stavkasi:
-
23,99% dan boshlab – milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha (18 oygacha)
-
24,99% dan boshlab – milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha (36 oygacha)
-
25,99% dan boshlab – milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha (60 oygacha)
-
12,99% dan boshlab – chet el valyutadagi kreditlar bo‘yicha (36 oygacha)
|
|
Kreditning minimal summasi: belgilanmagan.
|
|
Kreditning maksimal summasi: belgilanmagan, O‘zR Markaziy bankining iqtisodiy me’yorlari doirasida mijozning to‘lovga qobiliyatini hisobga olgan holda yakka tartibda hisoblanadi.
|
|
Kreditni so‘ndirish: har oylik, annuitet yoki tabaqalashtirilgan to‘lovlar bilan.
|
|
Muvofiq ta’minot turlari:
-
"InFinBank" AJda ochilgan hisobraqamlardagi erkin ayirboshlanadigan va milliy valyutadagi pul mablag‘larini garovga qo‘yish;
-
bank va sug‘urta kompaniyalarining kafolatlari;
-
ko‘char va ko‘chmas mulk garovi;
-
mulkiy huquq (talab) garovi;
-
davlat qimmatli qog‘ozlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qimmatli qog‘ozlari garovi, amaldagi qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa qimmatli qog‘ozlar garovi hamda ustav fondlaridagi ulushlar;
-
kredit mablag‘lari hisobiga quriladigan obyektlar;
-
to‘lov qobiliyati va moliyaviy ishonchliligi tekshirilgan uchinchi shaxslarning kafilligi;
-
moliyaviy barqaror sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta polislari;
-
amaldagi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa ta’minot turlari.
|
|
Ta’minlanganlik foizi:
-
Kredit summasining kamida 125 foizi.
-
Qarz oluvchi bank bilan bog‘liq bo‘lgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda.
|
|
Qarz oluvchilarga qo‘yiladigan majburiy talablar:
-
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari;
-
"InFinBank" ATBda talab qilib olinguncha depozit hisobraqami (asosiy yoki ikkilamchi) mavjud bo‘lishi;
-
Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi/Kafilning salbiy kredit tarixi bo‘lmasligi;
-
Qarz oluvchi/ Birgalikda qarz oluvchi/Kafilning joriy pul oqimlari kreditni o‘z vaqtida to‘lash uchun yetarli bo‘lishi;
-
Qarz oluvchi/ Birgalikda qarz oluvchi/Kafilning balansi likvid va faoliyati zarar keltirmaydigan bo‘lishi;
-
Agar Qarz oluvchining faoliyati litsenziyalashtirilishi talab etilsa, amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha tegishli ruxsatnomalar va litsenziyalar mavjud bo‘lishi;
-
Potensial Qarz oluvchi/ Birgalikda qarz oluvchi/Kafilga qo‘yiladigan boshqa talablar, ta’minot va kredit olish shartlari Bankning Kredit siyosati hamda tegishli ichki me’yoriy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
|
|
Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:
-
Kreditning barcha shartlari va ta’minoti tavsifi bilan kredit arizasi;
-
Qarz oluvchining davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
-
Korxona ustavi va ta’sis hujjatlarining barcha o‘zgartirishlar bilan nusxasi;
-
Agar shaxs qarz oluvchining vakili bo‘lsa, uning nomidan kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi, imzo namunalari.
-
So‘nggi moliyaviy yil uchun hamda joriy oyning birinchi sanasi holatiga buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot ko‘rinishidagi moliyaviy hisobot, asosiy vositalar, debitorlik va kreditorlik qarzlarining tafsiloti.
-
Qarz oluvchining vakolatli organi tomonidan tegishli shartlarda zarur kredit miqdorini jalb etish va kredit bo‘yicha ta’minot taqdim etish to‘g‘risidagi qarori;
-
Qarz oluvchining boshqa banklarda hisobraqamlari mavjud bo‘lgan taqdirda, xizmat ko‘rsatuvchi banklarning qarz oluvchining kreditlar, lizing, akkreditivlar va boshqa majburiyatlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi/mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi bankning xati ko‘rinishida so‘nggi 12 oydagi aylanmalar haqidagi ma’lumotlar va elektron shaklda ularning tafsiloti;
-
So‘ralgan kredit doirasida to‘lanadigan shartnomalar hamda ularga oid huquqiy xulosalar
-
Biznes-rejaga muvofiq mahsulotni sotish bo‘yicha shartnomalar va niyat bayonnomalari;
-
Qarz oluvchining faoliyat turi bo‘yicha talab etilsa, litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar;
-
"InFinBank" AJning korporativ kreditlash bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan kredit operatsiyalari bo‘yicha ta’minot predmetini qabul qilish va baholash tartibi"ga muvofiq taqdim etiladigan ta’minot hujjatlari
|
|
Jalb etilgan mablag‘lar hisobidan ushbu mahsulot doirasida kredit berish shartlari jalb etilgan liniyalar shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
|