Avtokreditga aksiya

Avtokreditga aksiya

Avtokreditga aksiya

Kredit muddati 60 oygacha
Kredit maqsadi Chevrolet Onix, Chevrolet Tracker, Chevrolet Damas, Chevrolet Labo markalaridagi avtotransport vositalarini xarid qilish uchun
Yillik foiz stavkasi
  • Chevrolet Onix — yillik 0%;
  • Chevrolet Tracker — yillik 0%;
  • Chevrolet Damas — yillik 18,5% gacha;
  • Chevrolet Labo — yillik 18,5% gacha.
Kredit miqdori Хarid qilinayotgan avtotransport vositasining narxidan kelib chiqib
Taʼminot
  • Xarid qilinayotgan avtotransport vositasi;
  • Bankni qanoatlantiradigan boshqa likvid mulk garovi.
Taʼminotning umumiy miqdori kredit miqdoridan 125%dan kam boʻlmasligi kerak.
Soʻndirish chastotasi
  • Asosiy qarzni soʻndirish boʻyicha imtiyozli davr tugaganidan soʻng - har oy.
  • Hisoblangan foizlarni - har oy.
Kredit boʻyicha foizlar qarz mablagʻlarinig haqikiy qoldigʻidan kredit mablagʻlarini ishlatilgan sanadan boshlanadi.
Birlamchi toʻlov Avtotransport vositasi qiymatidan 25%dan kam boʻlmagan miqdorda.
Potensial qarz oluvchiga talablar
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari;
  • “InFinBank” AJda talab qilib olinadigan (asosiy yoki qo‘shimcha) depozit hisobvarag‘ining mavjudligi;
  • Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi/Kafildagi salbiy kredit tarixining mavjud emasligi;
  • Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi/Kafildagi joriy pul oqimlarining kreditni o‘z vaqtida qaytarish uchun yetarliligi;
  • Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi/Kafilning balansi likvid bo‘lishi va faoliyati zarar keltirmasligi;
  • Istiqbolli Qarz oluvchi/Hamqarz oluvchi/Kafilga, ta’minotga hamda kredit olish shartlariga qo‘yiladigan boshqa talablar bankning Kredit siyosati va tegishli ichki normativ hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Kerakli hujjatlar
  • Kredit shartlari va kredit ta’minoti bo‘yicha barcha shartlarni o‘z ichiga olgan kredit arizasi;
  • Qarz oluvchining davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma;
  • Korxonaning nizomi va barcha o‘zgartishlar bilan birga ta’sis hujjatlari nusxasi;
  • Agar shaxs qarz oluvchi nomidan harakat qilayotgan vakil bo‘lsa, kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi hamda imzo namunalari;
  • Hisobot davrining joriy oyi birinchi sanasiga moliyaviy hisobot — buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot shaklida;
  • Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining vakolatli organi tomonidan tegishli shartlarda zarur kredit summasini jalb qilish va kredit bo‘yicha ta’minot taqdim etish to‘g‘risidagi qaror;
  • Agar boshqa banklarda hisobvaraqlar mavjud bo‘lsa — xizmat ko‘rsatuvchi bank(lar) tomonidan qarz oluvchining 2-raqamli kartotekada, kreditlar, lizing, akkreditivlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud yoki yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma, shuningdek, so‘nggi 12 oy ichidagi aylanmalar to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan, ijrochi ko‘rsatilgan hamda elektron shaklda tafsilotlari ilova qilingan bank xati;
  • So‘ralayotgan kredit doirasida to‘lanadigan avtotransport vositalarini sotib olish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar;
  • “InFinBank” AJ korporativ kreditlash bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan kredit amaliyotlarida ta’minot obyektini qabul qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq taqdim etiladigan ta’minot hujjatlari.
Kreditni ajratish shakli Kredit bank tomonidan kredit mablagʻlarini sotuvchi hisobiga oʻtkazish orqali milliy valyutada (soʻm) naqdsiz shaklda taqdim etiladi.
Kredit arizasini topshirish joyi Kredit arizasi va kreditni rasmiylashtirish ishlari bankning filiallari va boʻlinmalarida amalga oshiriladi.
Kreditni koʻrib chiqish muddati Kredit arizasini koʻrib chiqish muddati ariza rasmiylashtirilgan kundan boshlab 3 kunni tashkil qiladi. Kredit arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida 24 soat ichida mijozga xabar beriladi.
Kreditni koʻrib chiqish va rasmiylashtirishga doir qoʻshimcha toʻlovlar Mavjud emas
Muddatidan oldin soʻndirish Koʻshimcha komissiya va jarimalarsiz ushbu turdagi kredit boʻyicha qarzni muddatidan oldin soʻndirish koʻzda tutiladi.
Asosiy qarz va foizlar boʻyicha imtiyozli davr Mavjud emas.
Kredit ajratishga nisbatan salbiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar
  • Amaldagi kreditlar, lizinglar yoki kafolatlar bo‘yicha asosiy qarz va/yoki hisoblangan foizlar bo‘yicha kechiktirilgan qarzdorlik mavjud bo‘lganda;
  • Sud jarayoni davomida bo‘lgan kreditlar bo‘yicha qoldiqlar, shuningdek, off-balance hisobvaraqqa o‘tkazilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarz va foizlar mavjud bo‘lganda;
  • Likvid bo‘lmagan va/yoki zararli faoliyat;
  • Majburiy ijro byurosi oldidagi qarzdorlik mavjudligi;
  • So‘nggi 12 oy ichida oldingi olingan kreditlar bo‘yicha 30 kundan ortiq uzluksiz kechiktirilgan qarzdorlik mavjud bo‘lganda;
  • 6 oy davomida 2-raqamli kartotekada kunlar soni 30 kundan ortiq bo‘lsa.
Kredit ajratishga nisbatan ijobiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar
  • Ijobiy kredit tarixi (kreditlar va foizlarni o‘z vaqtida to‘lash, joriy kreditlar bo‘yicha kechiktirilgan qarzdorlikning yo‘qligi).
  • Istiqbolli qarz oluvchining barqaror oylik aylanmalari.
  • Foydali va likvid faoliyat.
  • Kreditni qoplash uchun yetarli miqdor va hajmdagi ta’minot mavjudligi (kredit summasidan kamida 125%).
Kredit boʻyicha asosiy qarzni toʻlashga oid muddatlarga rioya qilingmagan taqdirda, oʻz vaqtida toʻlanmagan qarzga nisbatan foiz stavkasi kechiktirilgan qarzdorlik paydo boʻlgan sanadan boshlab 1,5 baravarga ortadi.
Diqqat! Kreditning foiz miqdori nominal foiz stavkasi asosida hisoblanadi. kreditning toʻliq miqdori esa foizlar va boshqa turdagi toʻlovlar oʻrnatilgan muddatlarda va butun miqdorda toʻlangan holatda siz uchun qanchaga aylanishini koʻrsatadi.
Diqqat! Mazkur kreditning nominal foiz stavkasi oʻzgartirilishi mumkin. bunday holat yuz bergan taqdirda, oʻzgarishlar qarz oluvchi bilan kelishiladi.
Shartnoma
Shartnoma

pdf(241 Kb)

Ariza
Ariza

pdf(66 Kb)

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.