Qurilish

Qurilish

Qurilish

Kreditlash shakli: Kredit liniyasini ochmasdan (bir martalik ajratma yoki o‘tkazmalar shaklida)

Kredit maqsadi:

§ Korxonaning o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asosiy fondlarni qurish, obyektda rekonstruksiya va joriy ta’mirlash ishlari;

§ Ko‘p qavatli va yakka tartibdagi turar-joy binolari, noturar binolar va inshootlarni keyinchalik sotish maqsadida qurish;

§ Pudrat shartnomasi asosida qurilish ishlarini bajarish.

Kreditlash usuli: Mijozning ssuda hisobvarag‘idan yetkazib beruvchilar/pudratchilar/subpudratchilarning joriy hisobvaraqlariga tovar oldi-sotdi shartnomalari asosida pul mablag‘larini naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan.

Kreditlash muddati va asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha imtiyozli davr:

§ Korxonaning o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asosiy fondlarni qurish va rekonstruksiya qilish (qayta ixtisoslashtirish, qayta jihozlash): 36 oygacha, shu jumladan imtiyozli davr – 12 oygacha;

§ Ko‘p qavatli va yakka tartibdagi turar-joy binolari, noturar binolar va inshootlarni keyinchalik sotish maqsadida qurish: 24 oygacha, shu jumladan imtiyozli davr – 12 oygacha;

§ Pudrat shartnomasi asosida qurilish ishlarini bajarish, obyektning joriy yoki kapital ta’miri: 18 oygacha, shu jumladan imtiyozli davr – 6 oygacha.

Hisoblangan foizlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozli davr: berilmaydi.

Kredit valyutasi:

§ O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi — so‘m;

§ Chet el valyutasi.

Foiz stavkasi: 23,99% dan – milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha

                         12,99% dan – xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha

Kreditning minimal miqdori: belgilanmagan.

Kreditning maksimal miqdori: qurilishning to‘liq smeta qiymatining 70% dan oshmagan holda, kredit summasi mijozning kreditga layoqatliligidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining iqtisodiy me’yorlari doirasida individual tarzda hisoblanadi.

Kreditni qaytarish tartibi: oyma-oy, annuitet yoki differensial to‘lovlar shaklida.

Qabul qilinadigan ta’minot turlari:

§ «InFinBank» AJda ochilgan hisoblarda joylashgan erkin konvertatsiya qilinadigan va milliy valyutadagi pul mablag‘lari garovi;

§ banklar va sug‘urta kompaniyalari kafolatlari;

§ ko‘chma/ko‘chmas mulk garovi;

§ mulkiy huquq (talab huquqi) garovi;

§ davlat qimmatli qog‘ozlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qimmatli qog‘ozlari, amaldagi qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa qimmatli qog‘ozlar hamda ustav fondlaridagi ulushlar garovi;

§ kredit mablag‘lari hisobidan barpo etilayotgan obyektlar;

§ to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligi tekshirilgan uchinchi shaxslarning kafilligi;

§ moliyaviy jihatdan barqaror sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta polis(lar)i;

§ amaldagi qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa ta’minot turlari.

Ta’minot darajasi: kredit summasining kamida 125% miqdorida (bank bilan aloqador qarz oluvchilar uchun – 130%).

Kredit oluvchi va uning faoliyatiga qo‘yiladigan majburiy talablar:

§ Tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganiga kamida 6 oy bo‘lishi;

§ «InFinBank» AJda asosiy yoki qo‘shimcha talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ining mavjudligi;

§ Salbiy kredit tarixining yo‘qligi;

§ Qarz oluvchining prognoz qilinayotgan pul oqimlari kreditni o‘z vaqtida qaytarish uchun yetarli bo‘lishi;

§ Qarz oluvchining balansi likvid bo‘lishi va faoliyati zarar keltirmasligi;

§ Zilzilabardoshlik bo‘yicha III–IV toifadagi (jumladan, ko‘p qavatli turar joy binolari) binolar va inshootlar bo‘yicha qurilish ishlarini amalga oshirish uchun pudrat tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 maydagi PQ–158-son qaroriga muvofiq Qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingida «SSS» va undan yuqori (shu jumladan, «A» va «B» turdagi barcha toifalar) toifaga ega bo‘lishi;

§ Maqsadli dasturlar doirasida ko‘p qavatli turar joy binolarini qurish uchun pudrat tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 avgustdagi Toshkent shahriga ishchi tashrifi yakunlari bo‘yicha yig‘ilish bayoniga (2022 yil 29 avgustdagi 64-son bilan ro‘yxatga olingan) muvofiq Qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingida «S» va undan yuqori toifaga ega bo‘lishi;

§ Bankning ichki normativ hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablar.

Kredit oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

§ Kredit shartlari va ta’minotini to‘liq tavsiflovchi kredit arizasi;

§ Qarz oluvchining davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

§ Кorxonaning ustavi va ta’sis hujjatlarining barcha o‘zgartirishlar bilan birga nusxalari;

§ Qarz oluvchi nomidan kredit shartnomasini imzolash huquqiga ega shaxsning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi, agar shaxs vakil bo‘lsa, imzo namunalarini ham o‘z ichiga olgan holda;

§ So‘nggi moliyaviy yil uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, shuningdek joriy oyning birinchi sanasiga tuzilgan moliyaviy hisobotlar, asosiy vositalar, debitorlik va kreditorlik qarzlarining tafsiloti bilan;

§ Loyiha bo‘yicha texnik-iqtisodiy asos (TIA) yoki biznes-reja;

§ Qarz oluvchining vakolatli organi tomonidan kreditni zarur miqdorda va tegishli shartlarda olish hamda ta’minot taqdim etish to‘g‘risidagi qaror;

§ Agar qarz oluvchining boshqa banklarda hisobvaraqlari mavjud bo‘lsa — xizmat ko‘rsatuvchi banklardan qarz oluvchining kreditlar, lizing, akkreditivlar va boshqa majburiyatlar bo‘yicha qarzi mavjudligi/mavjud emasligi haqida ma’lumotnomalar, shuningdek so‘nggi 12 oy uchun aylanmalar to‘g‘risidagi ma’lumot (xizmat ko‘rsatuvchi bank xati va elektron tafsilot shaklida);

§ So‘ralayotgan kredit hisobidan to‘lanadigan shartnomalar;

§ Bankning mahalliy normativ hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq ta’minotga oid hujjatlar;

§ Qurilish bo‘yicha hujjatlar jumlasiga:

- Qurilish uchun yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi hujjatlar va/yoki tegishli joyda obyekt qurilishini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjat;

- Davlat xizmatlari markazlari yoki YaDXP orqali belgilangan tartibda berilgan binolar va inshootlarni qayta ixtisoslashtirish, qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha binolar va inshootlar qurish uchun ruxsatnoma;

- Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat (kadastr hujjatlari to‘plami) – rekonstruksiya (qayta ixtisoslashtirish, qayta jihozlash) va ta’mirlash uchun;

- Binolar va inshootlarning texnik tekshiruvi bo‘yicha hisobotlar – rekonstruksiya (qayta ixtisoslashtirish, qayta jihozlash) va kapital ta’mirlash uchun;

- Obyektni rekonstruksiya yoki ta’mirlash zarur bo‘lgan hollarda tuzilgan nuqsonlar dalolatnomasi – rekonstruksiya (qayta ixtisoslashtirish, qayta jihozlash) va ta’mirlash (kapital va joriy) uchun;

- Obyektni qurish yoki rekonstruksiya (qayta ixtisoslashtirish, qayta jihozlash) uchun arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i;

- Qurilish maydonchasining muhandislik-geologik sharoitlari to‘g‘risida xulosa;

- Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy boshqarmasi huzuridagi shaharsozlik kengashining loyiha-qurilish hujjatlarini kelishish haqidagi bayonnomasi;

- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining maxsus ekspert bo‘linmalari (Davlat ekologik ekspertizasi markazi va uning hududiy bo‘linmalari)ning ijobiy xulosasi;

- Loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari (ishchi loyiha va smeta hujjatlari) tegishli litsenziya ilova qilingan holda;

- Loyiha-smeta hujjatlariga doir davlat ekspertizasi ijobiy xulosalari, ular «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimidagi «Ekspert xulosalarining yagona reyestri»ga kiritilgan bo‘lishi;

- qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi ma’lumotnoma, Qurilish vazirligining hududiy inspeksiyalari tomonidan Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali berilgan va «Shaffof qurilish» tizimida qayd etilgan;

- Loyiha tashkiloti bilan mualliflik nazorati shartnomasi, tegishli litsenziya bilan birga;

- Qurilish-montaj ishlarini bajarish bo‘yicha shartnomalar, agar ayrim turdagi ishlar litsenziyalangan bo‘lsa — pudrat tashkilotining tegishli litsenziyasi ilova qilinadi.

Ushbu mahsulot doirasida jalb qilingan mablag‘lar hisobidan beriladigan kreditlar shartlari jalb qilingan liniyalar shartlaridan kelib chiqib belgilanadi.


Shartnoma
Shartnoma

pdf(241 Kb)

Ariza
Ariza

pdf(66 Kb)

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.