Biznes ipoteka

Biznes ipoteka

Biznes ipoteka

Ø Mijoz: Yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar

Ø Kreditlash shakli: kredit liniyasi ochilmagan holda (bir martalik kredit ajratish)

Kreditlash usuli: Filial kassasidan naqd pul mablag’larini berish orqali;

Kreditning maqsadi: tadbirkorlik subyektlariga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan ehtiyojlar uchun ko‘chmas mulkni garovga qo‘ygan holda mablag‘ ajratish. Kredit mablag‘laridan foydalanish kredit maqsadini keyinchalik hujjat bilan tasdiqlash talab qilinmasdan amalga oshiriladi.

Kredit valyutasi:

Ø O’zR miliiy valyutasi-so’m;

Ø Xorijiy valyuta (AQSh dollari) – kredit mablag‘larini milliy valyutaga konvertatsiya qilish va naqd pul mablag‘larini milliy valyutada berish orqali.

Kredit muddati:

- 84 oygacha - xorijiy valyutada moliyalashtirishda;

- 120 oygacha - milliy valyutada moliyalashtirishda.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarni chet el valyutasida moliyalashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarni milliy valyutada moliyalashtirishning eng ko‘p muddati 84 oydan oshmaydi.

Asosiy qarzni qaytarish bo‘yicha imtiyozli davr taqdim etish:

kuzda tutilmagan

Foiz stavkasi: 

- Yillik 15% - xorijiy valyutada moliyalashtirishda;

- Yillik 20% - milliy valyutada moliyalashtirishda.

Kreditning eng kam miqdori: mahsulot uchun alohida minimal chegara belgilanmagan

Kreditning maksimal miqdori:

- 500 000 AQSH dollarigacha (milliy valyutadagi ekvivalentida) - noturar ko‘chmas mulk garovi bilan ta’minlangan taqdirda;

- 200 000 AQSH dollari (milliy valyutadagi ekvivalentida) - turar joy ko‘chmas mulki garovi bilan ta’minlangan taqdirda.

Kreditni to‘lash: har oyda, annuitet yoki differensiyalangan to‘lovlar usulida

Ta’minotning maqbul turlari:

Kredit bo‘yicha ta’minot majburiy tartibda bir vaqtning o‘zida quyidagi shaklda taqdim etiladi:

- yuridik yoki jismoniy shaxsga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan ko‘chmas mulk (tijorat ko‘chmas mulki yoki turar joy obyektlari) garovi;

- Bank uchun maqbul bo‘lgan uchinchi shaxslarning kafilliklari.

Ko‘rsatilgan ta’minot turlarini taqdim etish kumulyativ (bir vaqtning o‘zida) xususiyatga ega bo‘lib, agar Bankning vakolatli organi tomonidan boshqacha tartib to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’qullangan bo‘lmasa, "Biznes ipoteka" mahsuloti bo‘yicha kredit taqdim etishning majburiy sharti hisoblanadi.

Kafillikka qo‘yiladigan talablar:

- Qarz oluvchilar - yuridik shaxslar uchun muassis (lar) va rahbar (direktor) kafilligi majburiy hisoblanadi;

- Qarz oluvchilar - yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun uchinchi shaxslarning (shu jumladan er-xotin, yaqin qarindoshlar, hamkorlar yoki Bank uchun maqbul bo‘lgan boshqa shaxslarning) kafilligi majburiy hisoblanadi;

- kafillarning tarkibi va soni Bank tomonidan kredit xavfini baholashdan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Garovga qabul qilinadigan ko’chmas mulk obyektiga qo’yiladigan talablar: Ko‘chmas mulk obyekti:

- garovga qo‘yuvchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lishi;

- mulkka nisbatan taqiq va band solishlar bo‘lmasligi;

- tegishli huquq belgilovchi va texnik rasmiylashtirishga ega bo‘lishi;

- Bankning ichki lokal hujjatlarida belgilangan likvidlik, xavfsizlik va maqbullik talablariga javob berish;

- turar-joy obyekti garovga qo‘yilgan taqdirda doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan shaxslardan xoli bo‘lish.

Ko‘chmas mulk obyekti Bankning vakolatli xodimi tomonidan foto va/yoki videomateriallarni qayd etgan holda majburiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart.

Shuningdek, garov mulki “InFinBank” AJning korporativ kreditlash bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan kredit operatsiyalari bo‘yicha ta’minotni qabul qilish tartibi”da belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi lozim.

Ta’minlanganlik foizi:

Kredit summasining kamida 125 %. Bankka aloqador shaxslar uchun kredit summasining kamida 130 foizi.

Garov narsasining qiymatini aniqlash:

Diskontning aniq miqdori Bank tomonidan likvidlik, obyektning holati, joylashgan joyi, yuklarning mavjudligi, bozor kon’yunkturasi va boshqa tavakkalchilik omillarini hisobga olgan holda belgilanadi.

Qarz oluvchilar uchun majburiy talablar:

Ø O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari;

Ø "InFinBank" AJda talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ining (asosiy yoki ikkilamchi) mavjudligi;

Ø Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi/Kafilning salbiy kredit tarixiga ega emasligi;

Ø Potensial qarz oluvchiga qo‘yiladigan boshqa talablar, garov ta’minoti va kredit olish shartlari bankning kredit siyosati va bankning tegishli ichki qoidalari bilan tartibga solinadi.

Moliyalashtirishni ochish tartibi: moliyalashtirish Bankning vakolatli organi tomonidan ijobiy qaror qabul qilingandan, barcha zarur shartnomalar imzolangandan, ta’minot taqdim etilgandan va tegishli ravishda rasmiylashtirilgandan, bunday ro‘yxatdan o‘tkazish talab qilingan hollarda garov davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan, garov narsasi sug‘urtalangandan, shuningdek Bank tomonidan belgilangan boshqa dastlabki shartlar bajarilgandan so‘ng taqdim etiladi.

Talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

Ø Kreditlashning barcha shartlari va kredit bo‘yicha ta’minoti tavsiflangan kredit arizasi;

Ø Qarz oluvchining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

Ø Korxona nizomi va ta’sis hujjatlarining nusxasi, barcha o‘zgartirishlar bilan;

Ø Agar shaxs qarz oluvchining vakili bo‘lsa, shaxsning qarz oluvchi nomidan kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi, imzo namunalari.

Ø Qarzdor/Sherik qarzdor vakolatli organining tegishli shartlarda zarur bo‘lgan kredit summasini jalb qilish va kredit bo‘yicha ta’minot taqdim qilish to‘g‘risidagi qarori;

Ø ««InFinBank» AJning korporativ kredit operatsiyalari bo‘yicha ta’minot narsasini baholash va qabul qilish tartibi»ga muvofiq taqdim etiladigan kredit ta’minoti bo‘yicha hujjatlar.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.