|
Kredit mahsulotining nomi: «TADBIRKOR AYOL HAMROHI»
|
|
Kredit oluvchi sub'ektlar: Ayollar ulushi 50% yoki undan ortiq bo‘lgan va/yoki ayollar rahbarlik qilayotgan kichik tadbirkorlik sub'ektlari, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar va kichik korxonalar.
|
|
Kreditlash shakli: Kredit liniyasi ochmasdan (bir martalik / transhlar ko‘rinishida).
|
|
Kredit maqsadi:
-
Kreditlar Korporativ mijozlarga Investisiya faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bino va inshootlar, uskunalar, maxsus texnika, avtotransport vositalari hamda uzoq muddatli moddiy va nomoddiy aktivlarni xarid qilish maqsadida ajratiladi.
-
Kreditlar Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korporativ mijozlarga tovarlar va materiallarni sotib olish va xizmatlar uchun haq to‘lash, shuningdek, tashkilotning joriy faoliyati bilan bog‘liq boshqa xaridlar va xarajatlarni moliyalashtirish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadida ajratiladi.
|
|
Kreditlash usuli: Mijoz tomonidan taqdim etilgan oldi-sotdi shartnomalariga muvofiq ravishda mablag‘larni Mijozning ssuda hisobvarag‘idan ta'minotchi/pudratchi/subpudratchilarning amaldagi hisobraqamlariga naqd pulsiz o‘tkazish orqali, hamda mijoz talabiga asosan berilayotgan kredit summasining 30% gacha bo‘lgan miqdorda qisman naqd pul shaklida amalga oshiriladi.
|
|
Kredit berish muddatlari va asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha imtiyozli davr:
-
Investisiya faoliyati bilan bog‘liq binolar va inshootlar, uskunalar, maxsus texnika, avtotransport vositalari hamda uzoq muddatli moddiy va nomoddiy aktivlarni xarid qilish uchun kreditlar (loyihaning o‘zini-o‘zi oqlash muddati hisobga olingan holda) 84 (sakson to‘rt) oygacha, shundan 36 (o‘ttiz olti) oygacha imtiyozli davr bilan.
-
Tashkilot uzluksiz faoliyatni amalga oshirish maqsadida tovarlar va materiallarni sotib olish va xizmatlar uchun haq to‘lash, shuningdek, tashkilotning joriy faoliyati bilan bog‘liq boshqa xaridlar va xarajatlarni moliyalashtirish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadida kredit 24 (yigirma to‘rt) oygacha, shundan 6 (olti) oygacha imtiyozli davr bilan.
|
|
Hisoblangan foizlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozli davr: taqdim etilmaydi.
|
|
Kreditlash manbai: «HAMROH– Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi» MChJ.
|
|
Kredit valyutasi: O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so‘m.
|
|
Foiz stavkasi: yillik 21.99%
|
|
Kreditning minimal miqdori: belgilanmagan.
|
|
Kreditning maksimal miqdori:
-
Kamida 2 ta yangi ish o‘rni yaratilganda, bir loyiha doirasida kredit summasi bazaviy hisoblash miqdorining 1000 (412 000 000.00 so'm) baravarigacha bo‘lishi mumkin (bunda yangi tashkil qilingan tadbirkorlik sub'ektlari ham inobatga olinadi) ;
-
5 tadan kam bo‘lmagan miqdorda yangi ish o‘rni yaratilganda, bir loyiha doirasida kredit summasi bazaviy hisoblash miqdorining 4000 (1 648 000 000.00 so'm) baravarigacha bo‘lishi mumkin.
|
|
Kreditni qaytarish: Har oyda, annuitet yoki differensial to‘lovlar shaklida.
|
|
Qabul qilinadigan kafolat turlari: Agarda, kredit summasi 100 000 000,00 (bir yuz million) so‘mdan oshmasa hada ushbu Nizomning “qarz oluvchi va uning faoliyatiga qo‘yiladigan majburiy talablar” bandi talablariga javob bersa, kredit mablag‘lari garov ta'minotisiz ajratilishi mumkin.
Agar kredit summasi 100 000 000,00 so‘mdan yuqori bo‘lsa, mijoz tomonidan kredit ta'minotiga quyidagilar taqdim qilinishi mumkin:
-
«InfinBANK» AJda ochilgan hisoblardagi erkin konvertasiya qilinadigan va milliy valyutadagi pul mablag‘lari garovi;
-
Banklar va sug‘urta kompaniyalari tomonidan berilgan kafolatlar;
-
Ko‘char/ko‘chmas mulk garovi;
-
Mulk huquqi garovi (talab);
-
Davlat qimmatli qog‘ozlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qimmatli qog‘ozlari, amaldagi qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa qimmatli qog‘ozlar va ustav jamg‘armasidagi ulush garovi;
-
Kredit mablag‘lari hisobidan qurilayotgan ob'ektlar;
-
To‘lov qobiliyatiga ega va moliyaviy barqaror bo‘lgan uchinchi shaxslar tomonidan berilgan kafilliklar;
-
Moliyaviy barqaror sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta polislari;
-
Tadbirkorlik fondi tomonidan 70% dan oshmaydigan miqdorda berilgan kafilliklar;
-
Amaldagi qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa garov turlari.
|
|
Ta'minotning minimal miqdori: Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan (bank bilan bog‘liq qarz oluvchilar uchun 130%).
|
|
Qarz oluvchi va uning faoliyatiga qo‘yiladigan majburiy talablar:
-
Ustav kapitalida ayollar ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan, va/yoki ayol rahbarligida bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektlari;
-
Tadbirkorlik sub'ekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganiga kamida 6 oy bo‘lishi;
-
«InfinBANK» AJda o‘zining asosiy yoki ikkilamchi depozit hisobvarag‘iga ega bo‘lishi;
-
Oxirgi 6 oy davomida hisobvarag‘ida muntazam pul aylanmasiga ega bo‘lishi;
-
Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi (kredit mablag‘laridan avval foydalanmagan tadbirkorlik sub'ektlari ijobiy kredit tarixiga ega deb hisoblanadi);
-
O‘z vaqtida kredit xizmati ko‘rsatish uchun Qarz oluvchi tomnidan taqdim etilgan pul oqimlari prognozining yetarliligi;
-
Qarz oluvchi likvid balansga ega ekanligi va faoliyati zararsizligi;
-
Bankning Kredit siyosati va boshqa ichki normativ hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa talablar;
-
Agar bir loyiha doirasida kredit summasi bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravarigacha bo‘lsa, kamida 2 ta yangi ish o‘rni yaratilishi (bunda yangi tashkil qilingan tadbirkorlik sub'ektlari ham inobatga olinadi);
-
Agar bir loyiha doirasida kredit summasi bazaviy hisoblash miqdorining 4000 baravarigacha bo‘lsa, kamida 5 ta yangi ish o‘rni yaratilishi.
|
|
Quyidagi to‘xtash omillaridan (Stop-faktor) kamida bittasi mavjud bo‘lsa, qarz oluvchiga ushbu mahsulot bo‘yicha kredit ajratilmaydi:
-
Amaldagi kreditlar, lizinglar yoki kafolatlar bo‘yicha asosiy qarz va/yoki hisoblangan foizlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa;
-
Sud jarayonida kreditlar bo‘yicha qoldiqlarning mavjudligi, shuningdek asosiy qarz va foizlarning balansdan tashqari hisob raqamiga o‘tkazilganligi;
-
Majburiy ijro byurosida qarzdorlikning mavjudligi;
-
So‘nggi 12 oy ichida ilgari olingan kreditlar bo‘yicha to‘lovlar 30 kundan ortiq (ketma-ket) kechiktirilgan bo‘lsa;
-
Kartoteka-2 bo‘yicha qarzdorlikning 6 oy ichida kechiktirilgan kunlar soni 30 kundan ortiq bo‘lganda.
|
|
Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:
-
Mijozning kredit shartlari va ta'minoti to‘liq bayon etilgan kredit arizasi. Agar so‘ralgan kredit miqdori 100 000 000,00 (Yuz million) so‘mdan oshsa, Qarz oluvchi kredit mahsuloti pasportida belgilangan talablarga muvofiq ravishda kreditni olgan sanadan e'tiboran 3 oy muddat ichida yaratiladigan ish o‘rinlari sonini arizada ko‘rsatilishi shart;
-
Qarz oluvchining davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma;
-
Korxona ustavi va ta'sis shartnomasi nusxasi, barcha o‘zgarishlar bilan;
-
Agar shaxs qarz oluvchi nomidan ish yurituvchi vakil bo‘lsa, kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi va imzo namunalari;
-
Oxirgi moliyaviy yil uchun moliyaviy hisobot — buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risida yillik hamda joriy oyning boshiga hisoboti, asosiy vositalar va debitor-kreditor qarzdorligi yoyilmasi;
-
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot;
-
Qarz oluvchining vakolatli organining zarur kredit mablag‘ini jalb etish va uning ta'minotini taqdim etish haqidagi qarori;
-
Agar qarz oluvchining boshqa banklarda hisob raqamlari mavjud bo‘lsa — xizmat ko‘rsatuvchi banklardan qarz, lizing, akkreditivlar va boshqa majburiyatlar bo‘yicha qarzdorlik mavjudligi/mavjud emasligi to‘g‘risida ma'lumotnomalar, kartoteka-2 bo‘yicha qarzdorlik yo‘qligi, so‘nggi 12 oydagi aylanmalar to‘g‘risida xizmat ko‘rsatuvchi bank xati va elektron shakldagi yoyilmasi;
-
So‘ralayotgan kredit doirasida to‘lanishi lozim bo‘lgan oldi-sotdi shartnomalari;
-
Berilayotgan ta’minot bo‘yicha hujjatlar.
|
|
Isticnolar: Mazkur kredit mahsuloti doirasida, ushbu pasportda ko‘rsatilgan shartlardan farq qiluvchi shartlarda kredit berishga, jalb qilingan liniya shartlariga zid bo‘lmagan taqdirda, Bankning Kredit Qo‘mitasi qaroriga asosan ruxsat berilishi mumkin.
|