Faktoring

Faktoring

Faktoring

Moliyalashtirish shakli: Faktoring shartnomasini bir martalik tuzish yo‘li bilan.

Moliyalashtirish muddati: 120 kun

So‘ndirish: Moliyalashtirish muddati tugagach, bir martalik tarzda.

Moliyalashtirish maqsadi: Tadbirkorlar uchun faktoring xizmati — bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ya’ni yetkazib beruvchilarni moliyalashtirishga qaratilgan bank xizmati turi bo‘lib, u faktoring shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Ushbu shartnoma doirasida yetkazib beruvchi (keyingi o‘rinlarda — mijoz) bankka — moliyaviy agentga tovarlar yetkazib berilgan, ishlar bajarilgan yoki xizmatlar ko‘rsatilgan, ammo to‘lovchilar tomonidan hali to‘lanmagan debitorlik qarziga bo‘lgan huquqini topshiradi.

Moliyalashtirish usuli: To‘lov milliy valyutada bank o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi.

Moliyalashtirish valyutasi: O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi — so‘m.

Diskont: yillik 18,00%dan

Moliyalashtirishning minimal summasi: belgilanmagan.

Moliyalashtirishning maksimal summasi: Faktoring summasi mijozning to‘lov qobiliyatidan yoki debitorlik qarzi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.

Kredit oluvchi va uning faoliyatiga qo‘yiladigan majburiy talablar:

  • Kredit oluvchining tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganiga kamida 6 oy bo‘lgan bo‘lishi;
  • “InFinBank” AJda talab qilib olinadigan (asosiy yoki qo‘shimcha) depozit hisobvarag‘ining mavjudligi;
  • Salbiy kredit tarixining yo‘qligi;
  • Kredit oluvchining balansi likvid bo‘lishi va faoliyati zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi;
  • “Kartoteka-2” mavjud emasligi;
  • Kreditga layoqatlilik darajasi 3-darajadan past bo‘lmasligi

*Agar kreditga layoqatlilik darajasi 3-darajadan past bo‘lsa, Bank faktoring bo‘yicha arizani likvid ta’minot mavjudligi va garov huquqining rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilishi sharti bilan ko‘rib chiqishi mumkin.

Kredit oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

  1. Faktoring shartlari va korxonaning kredit tarixini hamda moliyaviy hisobotini tahlil qilish maqsadida tegishli ma’lumotlar bazalariga qayd kiritish va olishga roziligini ko‘rsatuvchi ariza; (agar faktoring regress huquqi bilan ko‘rsatilsa, korxona ma’lumotlarini tegishli bazalarga kiritish va olishga roziligi ko‘rsatilgan ariza taqdim etilishi shart);
  2. Korxonaning ta’sis hujjatlari va vakolatli organlar tayinlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar (qarorlar va buyruqlar nusxalari);
  3. Ta’sischilarning umumiy yig‘ilishi bayonnomasi va tashkilotning faktoring xizmatidan foydalanish to‘g‘risidagi buyrug‘i;
  4. Korxonaning so‘nggi hisobot sanasidagi buxgalteriya hisobotlari, jumladan: “1-shakl: Buxgalteriya balansi”, “2-shakl: Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”, “Debitorlik va kreditorlik qarzining tafsilotlari”,korxona rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlangan holda, moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga elektron shaklda topshirilganini tasdiqlovchi ma’lumotnoma ilova qilinadi;
  5. Shartnomalarni imzolash huquqini tasdiqlovchi imzo namunalari nusxasi.
  6. Boshqa banklarda ochilgan hisobvaraqlar ro‘yxati.
  7. Agar tashabbuskor xaridor bo‘lsa (teskari faktoring):
  8. Tovar-moddiy boyliklar topshirilganligini, ishlar bajarilganini va xizmatlar ko‘rsatilganini tasdiqlovchi hujjatlar (hisob-fakturalar, tovar-transport yuk xatlari, ishonchnoma nusxalari, ishlarni qabul qilish hujjatlari va hokazo);
  9. Xaridordan (Bank nomiga) sotib olinayotgan debitorlik qarzini to‘lashni tasdiqlovchi yoki unga rozilik bildirilgan xat.
  10. Agar tashabbuskor yetkazib beruvchi bo‘lsa: - - Yetkazib beruvchi va xaridor/to‘lovchining boshqa banklarda ochilgan hisobvaraqlari ro‘yxati;
  11. Xaridor bilan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasi;
  12. Tovar-moddiy boyliklar topshirilganini, ishlar bajarilganini va xizmatlar ko‘rsatilganini tasdiqlovchi hujjatlar (hisob-fakturalar, tovar-transport yuk xatlari, ishonchnoma nusxalari, ishlarni qabul qilish hujjatlari va hokazo), shuningdek xaridor tomonidan to‘lovni tasdiqlash/unga rozilik xati (xaridor ishtirokidagi uch tomonlama shartnomalar bundan mustasno).

Xatarlarni kamaytirish maqsadida Bank qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin. 


Shartnoma
Shartnoma

pdf(720 Kb)

Ariza
Ariza

pdf(111 Kb)

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.