Mikrokredit

Mikrokredit

Mikrokredit

Kredit oluvchilar: Kichik tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirma va kichik korxonalar.

Bitta qarz oluvchiga beriladigan (qoldiq bo‘yicha) kreditlarning umumiy maksimal summasi: 300 million so‘mgacha.

Kreditning minimal miqdori: Belgilanmagan.

Kreditlash shakli: Kredit liniyasini ochmasdan (bir martalik ajratma yoki o‘tkazmalar shaklida).

Kreditlash tamoyillari: Ta’minlanganlik, qaytariluvchanlik, muddatlilik, to‘lovlilik.

Kreditlash usuli: Naqd pulsiz shaklda, qarz mablag‘larini qarz oluvchining talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish yo‘li bilan.

Kredit muddati: 24 oygacha.

Foiz stavkasi: 27,99% dan – milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha

                         12,99% dan – xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha

Kredit valyutasi: O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi — so‘m.

Kreditni so‘ndirish tartibi: Oyma-oy, annuitet yoki differensial to‘lovlar shaklida.

Asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha imtiyozli davr: 2 oygacha;

Hisoblangan foizlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozli davr: Ko‘zda tutilmagan

Qabul qilinadigan ta’minot turlari (asosiy ta’minot):

  • «InFinBank» AJda ochilgan hisoblarda joylashgan erkin konvertatsiya qilinadigan va milliy valyutadagi pul mablag‘lari garovi;

likvid ko‘chma va ko‘chmas mulk garovi;

Kredit oluvchi va uning faoliyatiga qo‘yiladigan majburiy talablar:

  • Tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganiga kamida 12 oy bo‘lishi;
  • Qarz oluvchining «InFinBank» AJdagi talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘i;
  • Boshqa banklarda kreditlar va ularga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha qarzdorlikning mavjud emasligi;
  • Salbiy kredit tarixining yo‘qligi, shu jumladan, so‘nggi 2 yil ichida ilgari olingan kreditlar bo‘yicha ketma-ket 30 kundan ortiq kechiktirilgan qarzdorlik holati 2 martadan ortiq bo‘lmasligi (bloklovchi omil);
  • So‘nggi 6 oy davomida tadbirkorlik faoliyatidan barqaror tushum bo‘lishi (oyiga kamida 2 ta tranzaksiya);
  • So‘nggi 6 oy ichida ta’sischilar tarkibida o‘zgarishlarning bo‘lmasligi;
  • So‘nggi 12 oy davomida asosiy tadbirkorlik faoliyatidan tushgan umumiy tushum 100 million so‘mdan kam bo‘lmasligi;
  • 15 kundan ortiq muddatga cho‘zilgan amaldagi K-2 qarzdorligining mavjud emasligi.

Kredit oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:
Yuridik shaxslar uchun:

  • Kredit shartlari va ta’minotini to‘liq tavsiflovchi kredit arizasi;
  • Yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • Кorxonaning ustavi va ta’sis hujjatlarining barcha o‘zgartirishlar bilan birga nusxalari;
  • Ta’sischilarning qarori nusxasi va direktor tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruq;
  • Ta’sischilar hamda direktorning shaxsni tasdiqlovchi hujjati nusxasi;
  • Buxgalter mavjud bo‘lgan taqdirda — buxgalterning tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruq va shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxalari;
  • Qarz oluvchining ta’sischilari tomonidan kreditni zarur miqdorda va tegishli shartlarda olish hamda ta’minot taqdim etish to‘g‘risidagi bayonnoma qarori;
  • Bankning ichki normativ hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq taqdim etiladigan ta’minot hujjatlari;

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun:

  • Kredit shartlari va ta’minotini to‘liq tavsiflovchi kredit arizasi;
  • Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
  • Bankning mahalliy normativ hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq taqdim etiladigan ta’minot hujjatlari.

“InFinBank” AJda ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan qarz oluvchilar uchun alohida shartlar:

“InFinBank” AJda ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan qarz oluvchilarga ushbu kredit mahsuloti doirasida pasaytirilgan garov talablari bilan kredit olish huquqi quyidagi shartlarda beriladi:

  • Kredit miqdori: ilgari olingan va muvaffaqiyatli to‘langan (10 kundan ortiq kechiktirilgan qarzdorliksiz) kredit summasidan oshmagan holda, ammo 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
  • Kredit muddati: 12 oygacha (imtiyozli davr taqdim etilmaydi);
  • Kredit ta’minoti:
  1. Kredit summasining kamida 62,5 foiziga teng miqdorda ko‘chmas yoki ko‘char mulk garovi;
  2. Kredit summasining 62,5 foizigacha bo‘lgan miqdorda kredit sug‘urtasi polisi.

Ushbu mahsulot doirasida jalb qilingan mablag‘lar hisobidan beriladigan kreditlar shartlari jalb qilingan liniyalar shartlaridan kelib chiqib belgilanadi.

Shartnoma
Shartnoma

pdf(241 Kb)

Ariza
Ariza

pdf(66 Kb)

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.