Xorijiy valyutada faktoring xizmatlari
|
Faktor |
(Moliyaviy agent) – “Invest Finance Bank” AJ va uning hududiy bo‘limlari |
|
Xo‘jalik yurituvchi subyekt (eksportyor) |
Oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan, eksport amaliyotlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyekti |
|
Xorijiy importyor |
Tashqi savdo kontrakti boʻyicha mahsulotni qabul qilib oluvchi, faktoring shartlari asosida toʻlovni kechiktirib toʻlovchi yakuniy qarzdor (norezident) |
|
Xalqaro faktoringning maqsadi |
Eksport shartnomalari boʻyicha toʻlovni kechiktirish (otsrochka) davrida aylanma mablagʻlarni tezkor moliyalashtirish va eksportyorning likvidligini taʼminlash |
|
Mijozga talablar |
Mijozning talab qilib olinguncha hisobvarag‘i “Invest Finance Bank” tizimida bo‘lishi |
|
Valyuta birligi |
Xorijiy valyutada |
|
Faktoring summasi |
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan eksport kontraktlari bo‘yicha belgilangan tartibda va xorijiy korrespondent banklarning bank kafolatlari yoki ushbu shartnomalar bo‘yicha chaqirib olinmaydigan akkreditivlar summasidan oshmaydigan miqdorda |
|
Faktoring muddati |
Faktoring - 180 kungacha (biroq debitorlik qarzdorligini so‘ndirish muddatidan ko‘p bo‘lmagan muddatda). |
|
Chegirma (diskont) stavkasi |
yillik 14,99 |
|
To‘lov shakllariga ko‘ra turlari |
Regress huquqi bilan - bank mijozdan moliyalashtirilgan summani undirib olish huquqiga ega |
|
Taʼminot |
Sotib olinayotgan debitorlik qarzdorligi (qo‘shimcha ta’minot bank talabidan kelib chiqib olinishi mumkin). |
|
Mahsulotning afzalliklari |
|
|
Qo‘shimcha ma’lumot |
Yetkazib beruvchining Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan oldingi eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzdorliklarining mavjud bo‘lmasligi eksport shartnomalari bo‘yicha faktoring xizmati ko‘rsatishning majburiy sharti hisoblanadi |
